Traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, mashina-traktor parklari, ustaxona va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2014-yil uchun majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (43-son)
28.01.2014
Toshkent viloyati Oʻrtachirchiq tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-sonli “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun xujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 559-modda) va “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2452, 2013-yil 25-aprel), (Oʻzbekiston Respublikasi qonun xujjatlari toʻplami 2013-y., 17-son, 229-moddasi) ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Tumandagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, (Oʻrtachirchiq tumani Mudofaa ishlari boʻlimi, Oʻrtachirchiq tumani Ichki ishlar boʻlimi, Oʻrtachirchiq tumani Milliy xavfsizlik xizmatidagi ishlab chiqarishida band boʻlmagan texnikasi bundan mustasno) korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklaridagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikaning, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlari asbob-uskunalarini 1-ilovaga muvofiq 2014-yil uchun texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2014-yil uchun yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuman ishchi guruhi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish joriy yilning 1-avgustiga qadar tugatilsin.
4. Ushbu qaror ijrosini taʼminlash va texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun pul yigʻimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirilishini taʼminlash tuman “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha davlat inspektori (A. Jumanov)ga yuklatilsin.
5. Oʻrtachirchiq tumani hokimining 2013-yil 10-maydagi 224-sonli “Traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻzi yurar mashinalar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, mashina-traktor parklari, ustaxona va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2013-yil uchun majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi U. Suyunboyev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim B. IBRAGIMOV
Toʻytepa sh.,
2014-yil 28-yanvar,
43-son
Tuman hokimining 2014-yil 28-yanvardagi 43-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumandagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxona, tashkilot, fermer, xoʻjaliklaridagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2014-yil uchun texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
T/r Hududlar va MMTP lar nomi Texnik koʻrikdan oʻtkazish muddati Eslatma 1. Oxunboboyev hududi 02.02.2014-y. 2. Kim Pen Xva hududi 05.02.2014-y. 3. Guliston hududi 07.02.2014-y. 4. Doʻstlik hududi 10.02.2014-y. 5. Oʻrtasaroy hududi 15.02.2014-y. 6. Qorasuv hududi 18.02.2014-y. 7. Yangi Toʻlqin hududi 22.02.2014-y. 8. Haqiqat yoʻli hududi 25.02.2014-y. 9. Qaytmas hududi 29.02,2014-y. 10. Istiqbol hududi 03.03.2014-y. 11. Yangi Turmush hududi 06.03.2014-y. 12. Rovatak hududi 1 1.04.2014-y. 13. Oʻzbekiston hududi 16.04.2014-y. 14. A. Ikromov hududi 18.02.2014-y. 15. Navoiy hududi 22.04.2014-y. 17. Sof oq oltin hududi 29.04.2014-y. 18. Tosh DAU hududi 03.05.2014-y.
Tuman hokimining 2014-yil 28-yanvardagi 43-sonli qaroriga 2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2014-yil uchun yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuman ishchi guruhi
TARKIBI
