Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi yopiq harbiy shaharchalar toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida (1869-2-son)
27.06.2014
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 27-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1869-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2008-yil 14-oktabrdagi 658-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1869, 2008-yil 11-noyabr) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi yopiq harbiy shaharchalar toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasi ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Q. BERDIYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 18-iyun,
419-son
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2014-yil 18-iyundagi 419-son buyrugʻiga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi yopiq harbiy shaharchalar toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi yopiq harbiy shaharchalar
ROʻYXATI
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 26-son, 324-modda)
