Shahar aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (462-q-son)
08.04.2014
Samarqand viloyati Samarqand shahar hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi 315-sonli “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 49-son, 632-modda) hamda shu asosida viloyat hokimining 2013-yil 7-dekabrdagi 266-q-sonli qarorlari ijrosini tashkil etish maqsadida qaror qilaman:
1. Viloyat hokimining 2013-yil 7-dekabrdagi 266-q-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi 315-sonli “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi 315-sonli qarori bilan:
quyidagilar respublika mintaqalarida aholining qattiq maishiy chiqindilarini tashib ketish boʻyicha sanitariya jihatidan tozalashni tashkil qilishning asosiy vazifalari etib:
shaharlar va aholi punktlarining tashqi qiyofasiga boʻlgan zamonaviy shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda, qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish va ularni sanitariya qoidalari va normalariga qatʼiy muvofiq holda joylashtirish ishlarining tashkil etilishini taʼminlanishi;
barcha bosqichlarda shu jumladan poligonlarda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash, sortlarga ajratish, tashish, poligonlarda koʻmib tashlashda sanitariya jihatidan tozalash obyektlaridan foydalanish va saqlash hamda ularni sanitariya va ekologiya talablariga muvofiq holda utilizatsiya qilish ishlarini tashkil etilishi;
aholi bandligini oshirish, sanitariya jihatidan tozalash sohasidagi ishlarni samarali tashkil etish uchun qoʻshimcha ish oʻrinlari va shart-sharoitlar yaratilishi;
qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlanishi;
qattiq maishiy chiqindilar bilan ishlash obyektlarining sanitariya va ekologik holati yuzasidan jamoatchilik nazoratini taʼminlanishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Quyidagilar:
2014-2015-yillarda viloyat shaharlarida sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni maxsus texnika bilan jihozlash dasturi 1-ilovaga* muvofiq;
2014-2015-yillarda viloyat aholi punktlarida axlatlarni toʻplash shoxobchalarini qurish va ularni konteynyerlar bilan jihozlash dasturi 2-ilovaga* muvofiq;
2014-2015-yillarda obodonlashtirish boshqarmalarining faoliyat koʻrsatayotgan qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini tartibga solish va ularni maxsus texnika bilan jihozlash dasturi 3-ilovaga* muvofiq;
2014-2015-yillarda sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning faoliyat koʻrsatayotgan qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini tartibga solish va ularni maxsus texnika bilan jihozlash dasturi 4-ilovaga* muvofiq;
Ushbu qaror bilan tasdiqlangan dasturlarni moliyalashtirish manbalari 5-ilovaga* muvofiq;
2014-2015-yillarda shaharlar va tumanlar markazlarida, shahar posyolkalarida va qishloq aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalashni tashkil etishga doir kompleks tadbirlar (keyingi oʻrinlarda Kompleks tadbirlar deb ataladi) 6-ilovaga* muvofiq;
viloyat, shaharlar va tumanlar hokimliklari darajasida Kompleks tadbirlarni bajarish boʻyicha ishchi guruhlar tarkiblari 7 va 8-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
3. Shahar hokimining birinchi oʻrinbosari U. Abdullayev, shahar tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi boshligʻi M. Jumayev, shahar arxitektura va qurilish boʻlimi boshligʻi B. Elmurodov, shahar tibbiyot birlashmasi boshligʻi Sh. Ibragimov, shahar hokimligi moliya boʻlimi mudiri E. Radjabov va shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi I. Radjabovlarga quyidagilarni belgilangan tartibda taʼminlasinlar:
har yili 1-yanvargacha tanlov savdolari oʻtkazish, pudrat shartnomalarini belgilangan tartibda tuzish hamda axlatlarni toʻplash shoxobchalari va qattiq maishiy chiqindilar poligonlari qurishning yakuniy manzilli roʻyxatlarini tasdiqlash;
tasdiqlangan dasturlarning, Kompleks tadbirlarning va ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanishning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borish;
kelgusida tashib ketish xarajatlarini kamaytirish maqsadida, chiqitsiz qayta ishlashni hisobga olgan holda, qattiq maishiy chiqindilarni sortlarga ajratish va utilizatsiya qilishni tashkil etishga doir tadbirlar kompleksini ishlab chiqish;
ular oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini oʻrnatilgan holda qattiq maishiy chiqindilarni sortlarga ajratish va qayta ishlash boʻyicha tijorat tashkilotlari tashkil etish;
shaharda mavjud va yangidan qurilib foydalanishga qabul qilinayotgan maishiy chiqindilarni toʻplash shoxobchalarini maxsus konteynyerlar bilan jihozlash hamda kelgusida ulardan samarali foydalanish uchun sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga biriktirish.
4. Shahar tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi boshligʻi M. Jumayev, shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi I. Rajabov hamda shahar xoʻjalik xisobidagi yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri xizmati Davlat unitar korxonasi boshligʻi I. Fayziyevlarga qattiq maishiy chiqindilarni koʻmib tashlash boʻyicha yangidan tashkil etilayotgan poligonlarni davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazishni hamda qattiq maishiy chiqindilarni koʻmib tashlash va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastrini yuritish topshirilsin.
5. Shahar hokimligi moliya boʻlimi mudiri E. Rajabovga:
biriktirilgan tijorat banklar rahbarlari bilan shahar hududida faoliyat yuritayotgan va yangidan tashkil etilayotgan sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga maxsus texnika sotib olish, qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini tartibga solish, jihozlash uchun 1 va 5-ilovalarga* muvofiq imtiyozli kreditlar ajratish boʻyicha chora-tadbirlar belgilash hamda ijrosini taʼminlash;
amalga oshirilgan ishlarning yakunlari boʻyicha, bajarilgan ishlarning hajmlari, sifati va obyektlarni ishga tushirish muddatlarining tasdiqlangan dasturlarga, manzilli roʻyxatlarga hamda loyiha-smeta hujjatlarga muvofiqligini tekshiruvdan oʻtkazish topshirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 10-yanvardagi 4-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2013-yil., 1-son, 2-modda) va viloyat hokimining shu haqidagi 2013-yil 14-yanvardagi 17-q sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan shahar hokimining 2013-yil 17-yanvardagi 41-q-sonli hamda 2013-yil 3-fevraldagi 133-q-sonli qaroriga 9-ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
1 — 9-ilovalar berilmaydi.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
8. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingandan boshlab kuchga kiradi.
Hokim A. ShUKUROV
Samarqand sh.,
2014-yil 8-aprel,
462-q-son
