Tumanda yangi kasanachilik ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash toʻgʻrisida (798-son)
30.12.2013
Toshkent viloyati Oʻrtachirchiq tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-sonli “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 1-son, 1-moddasi) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-yanvardagi 4-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-sonli Farmonini amalga oshirish haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 2-son, 9-modda) va 2008-yil 1-iyuldagi 146-sonli “Kasanachilikni tashkil etishni takomillashtirish hamda mahalliy davlat hokimiyati va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining uni rivojlantirish parametrlari bajarilishi yuzasidan javobgarligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 26-27-son, 254- modda) qarorlariga muvofiq ish bilan band boʻlmagan aholini ishlab chiqarishga (xizmatlarga) jalb etish, oila budjeti daromadlarini koʻpaytirish, uy mehnatidan foydalangan holda butlovchi qismlar, tayyor mahsulotlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish va baʼzi bir xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish orqali samaradorlikni oshirish, kasanachilarning qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, ijtimoiy va mehnat kafolatlarini taʼminlash maqsadida, qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-sonli “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirishni ragʻbatlantirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 1-son, 1-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-yanvardagi 4-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-sonli Farmonini amalga oshirish haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 2-son, 9-modda) va 2008-yil 1-iyuldagi 146-sonli “Kasanachilikni tashkil etishni takomillashtirish hamda mahalliy davlat hokimiyati va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining uni rivojlantirish parametrlari bajarilishi yuzasidan javobgarligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 26-27-son, 254- modda) qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Yangi ish oʻrinlarini, shu jumladan kasanachilikning turlarini kengaytirish hisobiga yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi parametrlari hamda mavjud zahiralarni aniqlash, safarbar qilish hisobiga, shuningdek ularning uyida yoki hududlarda boʻsh turgan binolardan imtiyozli foydalangan holda ishlab chiqarishni tashkil etish yuzasidan hokimlik va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari oʻrtasida hamkorlik kuchaytirilsin.
3. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (K. Qayumov), tuman “Mahalla” hayriya jamoat fondi (R. Radjapov), Respublika “Hunarmand” uyushmasining tuman boʻlimi (T. Xoʻjamberdiyev) joylardagi vaqtinchalik ishsiz hamda norasmiy faoliyat yuritayotgan fuqarolarni aniqlab, ularni “Hunarmand” uyushmasining tuman boʻlimiga hunarmand-kasanachi sifatida ishga qabul qilish choralarini koʻrish mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq kasanachilikni rivojlantirish asosida ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatayotgan fuqarolar oʻrtasidagi kooperatsiyani muvofiqlashtirish, qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha ishchi komissiyasiga topshirilsin.
4. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (K. Qayumov) , tuman “Mahalla” hayriya jamoat fondi (R. Radjapov), Respublika “Hunarmand” uyushmasining tuman boʻlimi (T. Xoʻjamberdiyev) mahallalarda uyma-uy yurib ishlashga ehtiyoji boʻlgan fuqarolar bilan tizimli ish olib borishini va yoʻnalishlari boʻyicha ularni kasanachilik ish oʻrinlariga joylashtirishni hamda mahalla fuqarolar yigʻini faollari bilan hamkorlikda ishlashni mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq yangi ish joylarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturiga asosan tashkil etsinlar.
5. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (K. Qayumov), tuman “Mahalla” hayriya jamoat fondi (R. Radjapov), Respublika “Hunarmand” uyushmasining tuman boʻlimi (T. Xoʻjamberdiyev) qoʻshimcha ish oʻrinlari tashkil etish manzilli dasturlarining soʻzsiz bajarilishini taʼminlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar hamda kasanachillikka keng jalb etish, usta-shogird anʼanalari asosida oʻqitish boʻyicha aniq chora-tadbirlar 3-ilovaga muvofiq kasanachilikni rivojlantirish va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish, mavjud muammoli masalalarni yechish hamda kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarda belgilangan vazifalar oʻz vaqtida bajarilishi taʼminlansin.
6. Kasanachilar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarini sotishda sharoitlar yaratib berilsin “Hunarmand” uyushmasining tuman boʻlimiga hunarmand-kasanachi deb mehnat shartnomasini rasmiylashtirilishida sharoitdan kelib chiqib kasanachilarning roziligi asosida ularning oʻz hom-ashyosi, mablagʻi, materiallari va asbob-uskunalari bilan ishlashlariga ruxsat berilsin.
7. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Sh. Xoshimov zimmasiga yuklansin.
Hokim B. IBRAGIMOV
Toʻytepa sh.,
2013-yil 30-dekabr,
798-son
Tuman hokimining 2013-yil 30-dekabrdagi 798-sonli qaroriga 1-ILOVA
Kasanachilikni rivojlantirish asosida ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatayotgan fuqarolar oʻrtasidagi kooperatsiyani muvofiqlashtirish, qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha ishchi komissiyasining
tarkibi
T/r F. I.Sh. Lavozimi 1. Sh. Xoshimov Tuman hokimining oʻrinbosari — ishchi komissiyasi raisi 2. F. Olimova Tuman hokimining oʻrinbosari, xotin-kizlar qoʻmitasi raisi, komissiya raisi oʻrinbosari 3. K. Qayumov Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori, komissiya raisi oʻrinbosari 4. T. Poʻlatov Tuman Iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi 5. B. Abdullayev Tuman statistika boʻlimi boshligʻi 6. S. Obidov Tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi 7. R. Radjapov Tuman “Mahalla” hayriya jamgʻarmasi raisi 8. T. Xujamberdiyev Respublika “Hunarmand” uyushmasining tuman boʻlimi raisi 9. Lavozimga koʻra Barcha QFY va MFY raislari
Tuman hokimining 2013-yil 30-dekabrdagi 798-sonli qaroriga 2-ILOVA
Mehnat shartnomasi asosida kasanachilikni rivojlantirish asosida ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatayotgan fuqarolar oʻrtasidagi kooperatsiyani muvofiqlashtirish, qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha korxonalar
roʻyxati
T/r Korxona nomi Korxona manzili Kasanachilik yoʻnalishlari Tashkil qilinadigan kasanachilar soni 1. TSI Qorasu paxta tozalash QK Qorasuv q.f.y tikuvchilik, toʻquvchilik 15 2. Bektemir chigitni linterlash MChJ Qumovul q.f.y tikuvchilik, duradgor 3 3. TONGx/k Toʻytepa sh.f.y tikuvchilik 3 4. Dong Sang MChJ Qumovul q.f.y tikuvchilik 3 5. Hunarmandlar uyushmasi Toʻytepa sh. Hunarmandchilik 30 6. Madadkasanachi ShK Toʻytepa sh. aholiga xizmat 15 7. Silva unikan x/k Tuytepa sh. aholiga xizmat 3 8. Oʻsimliklarni himoya qilish otryadi (Tumandagi Biolaboratoriya qoshida) Oʻrtachirchiq tumani (Qorasuv q.f.y ) qishloq xoʻjlik xizmat koʻrsatish 30 JAMI: 2014-yil uchun Oʻrtachirchiq tumanida 102
Tuman hokimining 2013-yil 30-dekabrdagi 798-sonli qaroriga 3-ILOVA
Kasanachilikni rivojlantirish va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish, mavjud muammoli masalalarni yechish hamda kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha
Chora-tadbirlar
T/r Mavjudmasalalar mazmuni. Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Bajarish muddati Bajarish uchunmasʼullar 1. Kasanachilikning barcha shakllarini rivojlantirish yuzasidan tuman hokimligi huzuridagi ishchi komissiya aʼzolari tomonidan kasanachilik ish oʻrinlarini bajarilishini har oyda hokim soatida tanqidiy muhokama qilib, ishga joylashtirilmagan fuqarolarni ayniqsa, xotin-qizlarni aholiga xizmat koʻrsatish majmualariga ishga joylashtirish Doimiy Tuman hokimligi (Sh. Xoshimov) Tuman hotin-qizlar qoʻmitasi (F. Olimova) Tuman BK va AIMK markazi (K. Qayumov) Tuman mahalla hayriya jamoat fondi (R. Rajapov) 2. Tumanning har bir mahallalar kesimida ishlash istagini bildirgan notinch va noqobil oilalarni, ish izlab boshqa joylarga chiqib ketayotgan fuqarolar haqida maʼlumotlar bazasini shakllantirish va ularni yangi tashkil etilayotgan ish oʻrinlari hisobiga bandligini taʼminlash, doimiy nazoratga olish, ular bilan yakka tartibdagi ishlarni kuchaytirish orqali kasanachilikni yoʻlga qoʻyish Doimiy QFY va MFY raislari Tuman BK va AIMK markazi (K. Qayumov) 3. Mahallalar bilan hamkorlikni oʻrnatish, “Ustoz-shogird” anʼanalari boʻyicha kasanachilarni tayyorlash kasbga oʻqitish kurslarini tashkil etish, bunda qoʻlda ishlab chiqariladigan mahsulotlarga atroflicha eʼtibor qaratish lozim. Milliy hunarmandchilikni, kasanachilikni rivojlantirishda qanchalab foydalanilmayotgan ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish. Misol uchun: oddiy tol yogʻochdan turli xil uy-roʻzgʻor anjomlari, beshik-belanchaklar, stol-stullar, xalq milliy oʻyinchoqlarini yasash va boshqa faoliyatlarni talab-i�taklar asosida yoʻlga qoʻyish Doimiy QFY va MFY raislari Tuman BK va AIMK markazi (K. Qayumov) “Hunarmand” uyushmasining tuman boʻlimi (T. Xoʻjamberdiyev)
