Tuman hokimining 2013-yil 24-sentabrdagi 487-q-sonli “2014-yil tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (14-q-son)
14.01.2014
Samarqand viloyati Tayloq tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 41-son, 543-modda) hamda tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining 2013-yil 28-dekabrdagi 124-sonli xatini inobatga olib, tuman hududida joylashgan korxonalarda ish oʻrinlarining eng kam miqdorini belgilash yuzasidan berilgan takliflarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hokimining 2013-yil 24-sentabrdagi 487-q-sonli “2014-yil tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi qarorining (“Qoʻshchinor” gazetasi 32-(1080)-soni) ikkinchi bandi bilan tasdiqlangan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun korxona, muassasa, tashkilotlarda band qilingan ish oʻrinlari roʻyxati ilovaga* muvofiq qayta tasdiqlansin.
Ilova berilmaydi.
2.Qaror uchinchi bandining uchinchi va toʻrtinchi, yettinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek, oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilar uchun 201 kishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlarga 12 kishi”;
“jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun 19 kishi”
quyidagi tahrirda sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin;
“odam savdosidan jabrlanganlar uchun 5 kishi”.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Gʻ. Quliyev zimmasiga yuklansin.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim P. AXMEDOV
Tayloq t.,
2014-yil 14-yanvar,
14-q-son
