Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2014-yilda tashkil etish toʻgʻrisida (797-son)
30.12.2013
Toshkent viloyati Oʻrtachirchiq tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda) 17-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 7-son, 40-modda) ijrosini taʼminlash, ish qidirayotgan shaxs sifatida tumanda Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida roʻyxatga olingin fuqarolarga ularning vaqtincha ish haqi olishi va ish qidirayotgan davrida ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan “ishsiz” deb eʼtirof etilgan fuqarolarni vaqtincha ish bilan taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish, birinchi marta ish qidirayotgan va kasbi boʻlmagan shaxslarni mehnatga jalb qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2014-yilda tashkil etuvchi korxona, muassasa, tashkilot va fermer xoʻjaliklari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2014-yilda tashkil etuvchi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlariga:
ilovada qayd etilgan haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish taʼminlansin;
jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlariga qarashli korxona, muassasa va tashkilotlar boʻyicha 50 foizi ish beruvchilar mablagʻlari va 50 foizi ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan;
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi yoʻllanmasi boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan fuqarolarni jamoat ishiga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot 3 kunlik muddatda Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yozma ravishda xabar berilsin.
3. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (K. Qayumov):
korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari tomonidan mazkur qarorning toʻliq bajarilishi yuzasidan qatʼi nazorat oʻrnatilsin;
haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan va ish bilan taʼminlangan fuqarolar belgilangan tartibda hisobga olinsin.
4. Oʻrtachirchiq tumani hokimining 2012-yil 21-dekabrdagi 1083-sonli “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2013-yilda tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Sh. Xoshimov zimmasiga yuklansin.
Hokim B. IBRAGIMOV
Toʻytepa sh.,
2013-yil 30-dekabr,
797-son
Tuman hokimining 2013-yil 30-dekabrdagi 797-sonli qaroriga ILOVA
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2014-yilda tashkil etuvchi korxona, muassasa va tashkilotlar
ROʻYXATI
T/r Korxona, muassasa va tashkilotlar Jalb qilinganlar soni Ish haqini toʻlash manbai (foiz hisobida) Haq toʻlanadigan jamoat ishlarining turlari Ish beruvchi korxona, muassasa va tashkilotlar mablagʻlari hisobidan Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan 1 2 3 4 5 1. Oʻrtachirchiq tuman Obodonlashtirish boshqarmasi 30 50 50 obodonlashtirish ishchisi JAMI: 30
