Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (160-son)
19.06.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 11-yanvardagi PQ-1683-sonli “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasini koʻp transhli moliyalashtirish dasturini amalga oshirishda birinchi navbatdagi chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi 2013-yil 11 oktabrdagi Kredit bitimi shartlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va AKB “Qishloq qurilish bank”ning qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar ustav fondidagi ulushlarini tanlov asosida sotish boʻyicha takliflari maʼqullansin.
2. Investorlar AKB “Qishloq qurilish bank”ning qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar ustav fondidagi ulushlarini sotib olgandan soʻng, ularning ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab qolish va qishloq hududlarida namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joy qurilishida ishtirok etuvchi pudrat tashkilotlarini sifatli pishgan gʻisht bilan uzluksiz taʼminlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
3. AKB “Qishloq qurilish bank” bir oy ichida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarni sotish boʻyicha tanlov shartlarini tasdiqlasin va ularning sotuvdan keyingi faoliyatini monitoring qilish tizimini joriy etsin.
4. Sotilgan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarga 2013-yil 15-noyabrdagi PQ-2068-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida nazarda tutilgan imtiyozlar saqlab qolinishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
5. shbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Bosh vazir oʻrinbosari B.I. Zokirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 19-iyun,
160-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 19-iyundagi 160-son qaroriga ILOVA
XIZMATLAR ROʻYXATI
ATB “Qishloq qurilish bank”ning tanlov asosida sotiladigan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarning ustav kapitalidagi ulushlari
* ATB “Qishloq qurilish bank”ning qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarning ustav kapitaliga ulushlarini tanlov savdolariga qoʻyishda boshlangʻich bahosi baholash tashkiloti tomonidan belgilanadi.
** ATB “Qishloq qurilish bank”ning qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarning ustav fondidagi ulushlari tanlov savdolarida sotilmagan taqdirda, ATB “Qishloq qurilish bank” ushbu aksiyalarni toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar yoʻli bilan nominal qiymatida sotish huquqiga ega; boʻlib-boʻlib toʻlash bilan (5 yilgacha), qaytarib olish summasi qoldigʻiga foizlar hisoblanmasdan.
*** Aksiyalarni sotib olish investorlarning oʻz mablagʻlari va/yoki tijorat banklarining kreditlari hisobidan amalga oshiriladi.
