2014-yil uchun haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida (519-q-son)
27.09.2013
Samarqand viloyati Paxtachi tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori va viloyat hokimining 1999-yil 27-avgustdagi 222-Q-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash hamda mehnat bozoridagi vaziyatni yaxshilash uchun 2014-yil tumanda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish maqsadida tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining shu xususidagi 2013-yil 16-sentabrdagi 536-sonli xatini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasi xamda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi nizomi va 2002-yil 29-martdagi 106-sonli “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar, pensionyerlar va nogironlarga ijtimoiy yordam koʻrsatishni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi va shu xususidagi viloyat hokimining 2002-yil 3-apreldagi 98-Q-sonli qarorlari talablaridan kelib chiqib, ish qidirayotgan shaxs sifatida tuman Bandlikka koʻmaklashish markazida roʻyxatga olingan fuqarolarga ularning vaqtincha ish haqi olishi, ish qidirayotgan davrda moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2014-yil uchun tuman hududidagi korxona, tashkilot, muassasa xamda fermer xoʻjaliklarida haq toʻlanadigan jamoat ishlari tashkil qilinsin.
2. Haq toʻlanadigan jamoat ishlari tashkil qiluvchi korxona, tashkilot, muassasa va xoʻjaliklarda bajariladigan ishlar roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Haq toʻlanadigan jamoat ishlari tashkil qilishda taklif bilan chiqadigan barcha tashkilot,korxona va muassasalar rahbarlari tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (A. Turabov) bilan shartnomalar tuzsinlar.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar, pensionyerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat koʻrsatishga “Qizil yarim oy” jamiyati orqali jalb etiladigan ishsiz fuqarolarga ish haqi toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni mablagʻlar bilan taʼminlash toʻliq Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
bajariladigan haq toʻlanadigan jamoat ishlarida ishtirok etgan ishsiz fuqarolarning ish haqisi davlat hokimiyati organlaridagi korxonalarda 50 foizi mazkur korxona tomonidan, qolgan 50 foizi tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan, boshqa korxonalarda 75 foizi korxona tomonidan qolgan 25 foizi taqdim qilingan hujjatlar boʻyicha tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan moliyalashtiriladi;
aholini ish bilan taʼminlashda noqulay vaziyatlar bilan bogʻliq istisno xollarda, davlat hokimiyati organlari korxonalarida ish haqi xarajatining koʻpi bilan 75 foizi, boshqa korxonalarda koʻpi bilan 50 foizi miqdorida qoplanadi.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklatilsin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim v.v.b. H. JOʻRAYEV
Paxtachi t.,
2013-yil 27-sentabr,
519-q-son
Tuman hokimining 2013-yil 27-sentabrdagi 519-q-sonli qaroriga ILOVA
2014-yilda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qiluvchi korxona, tashkilot, muassasa va xoʻjaliklarda bajariladigan ishlar
ROʻYXATI
