Tumandagi mavjud aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (21-4-son)
28.12.2013
Jizzax viloyati Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-303-sonli “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2011-y., 41-son, 448-modda) 10-moddasiga asosan, xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Tumandagi aholi punktlarining tarkibiy qismlari (mahallalar, shoxkoʻchalar, koʻchalar va xiyobonlar)ga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish boʻyicha mahalla fuqarolar yigʻinlarining iltimosnomalariga asosan tuman hokimi kiritgan taklifi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi.
2. Mazkur qaror “Baxmal hayoti” gazetasida eʼlon qilinsin.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalari boʻyicha tuman komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
4. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kirishi belgilansin.
Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashi raisi B. IZBASAROV
Oʻsmat sh.,
2013-yil 28-dekabr,
21-4-son
