2014-yilda tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (487-q-son)
24.09.2013
Samarqand viloyati Tayloq tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash hamda tuman hokimligi Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining 2013-yil 9-sentabrdagi 74-sonli takliflarini inobatga olib, shuningdek 2014-yil uchun ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamlarini ish bilan taʼminlashning imkoniyatlarini oshirish maqsadida qaror qilaman:
1. 2014-yilda tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarga band qilinishi kerak boʻlgan ish oʻrinlari sonini va ularga qoʻyiladigan talablarni belgilash uchun tuman hokimligi maxsus komissiyasining 1 va 2 ilovalaridagi* xulosasi hamda tuman hokimligi Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining 2013-yil 5-sentabrdagi 74-sonli takliflari maʼqullansin.
1-2-ilovalar berilmaydi.
2. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari 1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan kvotalangan ish oʻrinlari ishlovchilarning oʻrtacha soni 20 nafardan koʻpini tashkil qiladigan korxonalarda 3 foiz, ishlovchilarning oʻrtacha soni 100 va undan ortiq boʻlgan korxona va tashkilotlarda 7 foiz kvota ish oʻrinlari (3 foiz nogironlar uchun) yaratilsin va band qilib qoʻyilsin.
3. “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun korxona, tashkilot va muassasalarda ish oʻrinlarini yaratish quyidagicha shakllantirilsin:
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun 32.5 foiz ( 139 kishi);
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilar uchun 201 kishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlarga 12 kishi;
nogironlar uchun 2.1 foiz ( 9 kishi);
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan, pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 3 foiz (13 kishi);
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun 19 kishi;
odam savdosidan jabrlanganlar uchun 5 kishi.
4. Ushbu toifadagi shaxslar uchun yaratiladigan ish oʻrinlari ularning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, mehnat sharoitlari yaratib berilishi oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlishi, kasb tayyorgarligiga, sogʻligiga toʻgʻri kelishi muayyan kasb-hunarga, malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun maxsus malaka talab qilmaydigan ish oʻrinlari boʻlishi lozim.
5. Ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar, lavozimlar asosan oʻqituvchi, kutubxonachilar, hamshiralar, laborantlar, aloqa xodimlari, oddiy ishchilar, bogʻbonlar hamda xizmatchilar, shuningdek boshqa kasb va lavozim egalari uchun moʻljallangan boʻlishi lozim.
6. Tashkilot rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishi taʼminlansinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarining bir qismini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari inobatga olinsin.
8. Ushbu qaror ijrosi bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga nisbatan Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib quyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
9. Tuman hokimligi Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (M. Gadoyev)ga 7 kun muddat ichida tuman hokimining mazkur qarori nusxasini 1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va ushbu qarorning ustidan nazoratni taʼminlansin.
10.Tuman hokimining 2012-yil 29-sentabrdagi 535-q-sonli “2013-yil tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi qarori 2013-yil 31-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Ushbu qaror ijrosining bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Gʻ. Quliyev zimmasiga yuklatilsin.
12. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim P. AXMEDOV
Tayloq t.,
2013-yil 24-sentabr,
487-q-son
