Vazirlar Mahkamasining “Jizzax politexnika instituti faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 29-iyundagi 187-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida (157-son)
12.06.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Jizzax maxsus industrial zonasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tizimli ravishda yoʻlga qoʻyish hamda Jizzax politexnika institutini boshqarish tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Jizzax politexnika instituti faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 29-iyundagi 187-son qaroriga 1-ilova matni ilovaga muvofiq tahrirda bayon qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 12-iyun,
157-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 12-iyundagi 157-son qaroriga ILOVA
“Jizzax politexnika institutining tashkiliy
TUZILMASI
