Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tirkamalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish haqida (58-q-son)
31.01.2014
Samarqand viloyati Paxtachi tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-yil 1-2-son) ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga asoslanib qaror qilaman:
1. Tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tirkamalar tegishli tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Tumanda transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan, yengil avtomobillar, avtobuslar, oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab, chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun >belgilang!ay muddatlarda.
3. Mazkur qarorning 2-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
birinchi marta — 1-martdan 30-iyungacha;
ikkinchi marta — 1-sentabrdan 31-oktabrgacha oʻtkazilsin.
Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 30-iyungacha oʻtkazilsin.
Jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-yanvardan 31-avgustgacha oʻtkazilishi inobatga olinsin.
4. Tumanda texnik koʻrikni oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibi 1-ilovaga* muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarini 2014-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkarish jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
1-2-ilovalar berilmaydi.
5. Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga “JV MAN AUTO Uzbekiston” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qoʻshma korxonaning texnik koʻrik oʻtkazish uchun zarur sharoitlar mavjudligi toʻgʻrisidagi joriy yil 22-yanvardagi 32-sonli taklifiga asosan, ularga tegishli boʻlgan avtobus, oʻrindiqlar soni 8:ta va,undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari hamda ularning tirkamalarini: ,qoʻshma korxonaning servis va dillerlik markazida, boshqa turdagi transport vositalarini “Samarqand Avtotexxizmat” OAJga qarashli tumandagi Agrotexservis MTPda texnik koʻrikdan oʻtkazilishi tavsiya etilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003- yil 31-yanvardagi 54-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomini tasdiqlash haqida”gi qarori 3-band talablaridan kelib chiqib, tuman mudofaa boʻlimi, ichki ishlar boʻlimi va Milliy xavfsizlik xizmati harbiy boʻlinmalari transport vositalari majburiy texnik koʻriklari oʻz yuqori tashkilotlarining qarori va ish rejasi asosida amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
8. Ushbu qaror qabul qilinishi bilan tuman hokimining 2013-yil 27-fevraldagi 131-Q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim v.v.b. B. BOBAXOLOV
Paxtachi t.,
2014-yil 31-yanvar,
58-q-son
