Tuman mahalliy budjetining 2013-yilgi kutilayotgan ijrosi va 2014-yilga mahalliy budjetning belgilangan asosiy istiqbol koʻrsatkichlari toʻgʻrisida (89/20-son)
30.12.2013
Jizzax viloyati xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashining
Qarori
Tuman mahalliy budjetining 2013-yilgi daromadlari va xarajatlari boʻyicha asosiy koʻrsatkichlaridan kutilayotgan ijrosi hamda 2014-yilga belgilangan asosiy istiqbol koʻrsatkichlarini muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 24, 25-moddalariga binoan, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Tuman mahalliy budjetining 2013-yilgi daromadlar va xarajatlar boʻyicha asosiy koʻrsatkichlarining kutilayotgan ijrosi toʻgʻrisidagi tuman hokimining hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tuman mahalliy budjeti 2014-yilgi asosiy istiqbol koʻrsatkichlarning daromadlar qismi 5335607 ming soʻm, xarajatlar qismi 14450332 ming soʻm, maqsadli subvensiya miqdori 9114725 ming soʻm miqdorida belgilanganligi maʼqullansin.
3. Tuman hokimining oʻrinbosari D. Mamadazimov, tuman Davlat soliq inspeksiyasi (M. Xujamov) va Moliya boʻlimi (B. Normatov) birgalikda tuman mahalliy budjeti daromadlar qismini soliq turlari boʻyicha belgilangan rejalarini oshirib bajarishni taʼminlasin.
4. Tuman Moliya boʻlimi (B. Normatov)ga:
2014-yil “Sogʻlom bola yili” deb nomlanishi munosabati bilan tuman mahalliy budjetining 2014-yil birinchi choragi, yarim yillik va toʻqqiz oylik ijrosi yakunlariga muvofiq rejadan ortiqcha tushadigan daromadlar va mahalliy budjet xarajatlarini maqbullashtirish hisobidan tuman aholisini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan zarur tuzatishlar kiritib borish;
budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi va ularning asossiz sarflanishini bartaraf etish yuzasidan gʻaznachilik ijrosi tizimi vositasida qatʼiy nazorat qilinishini taʼminlash vazifalari yuklatilsin.
5. Tuman hokimi oʻrinbosari (D. Mamadazimov)ga:
tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda budjet daromadlarining tasdiqlangan koʻrsatkichlari bajarilishini taʼminlash, tumanning soliq solish bazasi kengaytirilishi va moliyaviy salohiyati mustahkamlanishi yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar koʻrish, budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish vazifalari topshirilsin.
6. Tuman hokimligi Moliya boʻlimi (B. Normatov) va tuman Davlat soliq inspeksiyasi (M. Xujamov) bilan birgalikda xalq deputatlari tuman Kengashiga mahalliy budjetning ijrosi toʻgʻrisida axborot berib borish vazifasi yuklatilsin.
7. Ushbu qaror “Yangiobod tongi” gazetasida eʼlon qilinsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, mahalliy soliqlar, yigʻimlarni belgilash, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
9. Ushbu qaror 2014-yil 1-yanvaridan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashi raisi A. QOʻLDOShOV
Yangiobod sh.,
2013-yil 30-dekabr,
89/20-son
