Tumanda qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (183-q-son)
07.02.2014
Samarqand viloyati Payariq tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2013-yil 2-apreldagi 58-son buyrugʻi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 229-modda) asosan viloyat “Davtexnazorat” inspeksiyasining 2014-yil 13-yanvardagi 1-a sonli buyrugʻini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asoslanib qaror qilaman:
1. Tuman hududida joylashgan barcha qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalar, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalari majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasining tarkibi 1-ilovaga*, texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
1-2-ilovalar berilmaydi.
3. Tuman “Davtexnazorat” inspeksiyasi boʻlimi boshligʻi B. Xudoynazarovga:
majburiy texnik koʻrikdan oʻtkaziladigan traktorlar, tirkamalar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalarining texnik pasportlarini, nazorat texnik talonlarini, davlat raqam belgilarini haqiqatda mavjudligini koʻrib chiqish va aniqlangan kamchiliklar boʻyicha ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;
mashinalar sonini, ularning holatini, amalda mavjudligini, tegishliligini va boshqa roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarini aniqlashtirish;
oʻtkaziladigan majburiy texnik koʻrik uchun tushishi lozim boʻlgan tushumlarni tumandagi yuridik va jismoniy shaxslardan undirish choralarini koʻrish yuklatilsin.
4. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokim A. JOʻRAYEV
Payariq t.,
2014-yil 7-fevral,
183-q-son
