Boʻka tumanining 2014-yilgi mahalliy budjeti toʻgʻrisida (32/2-son)
30.12.2013
Toshkent viloyati Xalq deputatlari Boʻka tumani Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining 2013-yil 14-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi, 770-II-sonli hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013-yil 5-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi, SQ-399-II-sonli, hamda Xalq deputatlari Boʻka tumani Kengashining 2013-yil 30-dekabrdagi “Toshkent viloyati Boʻka tumanining mahalliy budjetining 2014-yil parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq, Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Boʻka tumanining 2014-yilgi mahalliy budjeti daromadlari 55 976 493,0 ming soʻm va xarajatlari qismi 55 976 493,0 ming soʻm miqdorida tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror 2014-yil 2-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq deputatlari Boʻka tumani Kengashi raisi D. SULTANOV
Boʻka t.,
2013-yil 30-dekabr,
32/2-son
