Tumanda traktor, oʻzi yurar shassilar, meliorativ yoʻl qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (106-q-son)
14.02.2014
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2013-yil 2-apreldagi 58-son buyrugʻi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 229-modda) hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Boshdavtexnazorat” inspeksiyasi nizomiga asosan tuman hududida joylashgan mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar fermer xoʻjaligi, muqobil mashina traktor parklari, korxona va tashkilotlar hisobida boʻlgan traktorlar va tirkamalar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl qurilish mashinalari, asbob-uskuna va qishloq xoʻjalik mashinalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga asoslanib qaror qilaman:
1. Tuman hududida joylashgan yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan barcha traktorlar, oʻzi yurar shassilar, meliorativ yoʻl qurilish mashinalari va traktor tirkamalari hamda qishloq xoʻjalik mashinalari majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasining tarkibi 1-ilovaga*, texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
1-2-ilovalar berilmaydi.
3. Tuman “Davtexnazorat” inspeksiyasi (R. Safarov)ga:
majburiy texnik koʻrikdan oʻtkaziladigan traktor, tirkama, oʻziyurar shassilar, meliorativ, yoʻl-qurilish mashinalarini hamda qishloq xoʻjalik mashinalarining texnik pasportlari, nazorat texnik talonlari, davlat raqam belgilari haqiqatda mavjudligini koʻrib chiqish va aniqlangan kamchilik boʻyicha ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;
mashinalar sonini, ularning holatini, amalda mavjudligini, tegishliligini va boshqa roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarini aniqlashtirish;
yuridik va jismoniy shaxslardan oʻtkazilgan majburiy texnik koʻrik uchun tushadigan tushumlarni undirish choralarini koʻrish yuklatilsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi R. Eshonqulov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim N. BERDIBOYEV
Loyish sh.,
2014-yil 14-fevral,
106-q-son
