Tumanda traktorlar, oʻzi yurar shassilar, meliorativ yoʻl qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (156-q-son)
18.02.2014
Samarqand viloyati Jomboy tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2013-yil 2-apreldagi 58-son buyrugʻi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013., 17-son, 229-modda) hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Boshdavtexnazorat” inspeksiyasi nizomiga asosan hamda viloyat “Mashina va asbob uskunalarning texnikaviy holatini nazorat qilish Davlat bosh inspeksiyasi”ning 2014-yil 13-yanvardagi 1-A-sonli qabul qilingan buyrugʻini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6-moddasiga asoslanib qaror qilaman:
1. Tuman hududida joylashgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan traktorlar, oʻzi yurar shassilar, meliorativ yoʻl qurilish mashinalari va traktor tirkamalari majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasining tarkibi 1-ilovaga*, texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
1-2-ilovalar berilmaydi.
3. Tuman “Davtexnazorat” inspeksiyasi boʻlimi boshligʻi F. Rustamovga:
majburiy texnik koʻrikdan oʻtkaziladigan traktor, tirkama, oʻziyurar shassilar, meliorativ, yoʻl-qurilish mashinalarini hamda qishloq xoʻjalik mashinalarining texnik pasportlari, nazorat texnik talonlari, davlat raqam belgilari haqiqatda mavjudligini koʻrib chiqish va aniqlangan kamchilik boʻyicha ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;
mashinalar sonini, ularning holatini, amalda mavjudligini, tegishliligini va boshqa roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarini aniqlashtirish;
oʻtkaziladigan majburiy texnik koʻrik uchun tushadigan tushumlarni tumandagi yuridik va jismoniy shaxslardan undirish choralarini koʻrish yuklatilsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari U. Mamatov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim X. BURIYEV
Jomboy t.,
2014-yil 18-fevral,
156-q-son
