“Dividend tarzidagi daromadlarni soliq solishdan ozod etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (1901-2-son)
13.06.2014
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 13-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1901-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 28-yanvardagi 11, 64, 2009-6-son “Dividend tarzidagi daromadlarni soliq solishdan ozod etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1901, 2009-yil 10-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 7-son, 72-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 10-sentabrdagi 84, 48, 2013-39-son “Dividend tarzidagi daromadlarni soliq solishdan ozod etish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1901-1, 2013-yil 18-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 38-son, 502-modda).
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 2-iyun,
42-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2014-yil 2-iyun,
71-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 2-iyun,
2014-23-son
