“Oʻzbekiston havo yoʻllari” makning zarar koʻrib ishlayotgan korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha dasturlar-“yoʻl xaritalari”ni tasdiqlash toʻgʻrisida (153-son)
10.06.2014
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash, aviatashuvlar hajmini oshirish, zarar bilan ishlayotgan korxonalarining barqaror faoliyatini taʼminlash hamda ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini soʻzsiz amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning zarar bilan ishlayotgan korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi dasturlar — “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
korxonalar hududlaridan oqilona foydalanish va ortiqcha ishlab chiqarish maydonlarini maqbullashtirish;
mavjud texnologik uskunalarni modernizatsiya qilish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar;
aviatashuvlar, jumladan yoʻlovchi, yuk va tranzit tashuvlari hajmini oshirishning prognoz koʻrsatkichlari, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish quvvatlari va aviakorxonalarga servis xizmati koʻrsatish infratuzilmasidan foydalanish darajasini yuksaltirish;
moliyaviy qayta tuzish, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish, shuningdek, ekspluatatsiya xarajatlarini maqbullashtirish boʻyicha chora-tadbirlar;
boshqaruv samaradorligini oshirish va menejmentni takomillashtirish, mutaxassislarning malakasini oshirishni tashkil etish hamda korxonalarni ixtisoslashtirilgan oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari bitiruvchilari hisobidan yosh mutaxassislar bilan toʻldirish boʻyicha chora-tadbirlar.
2. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning zarar koʻrib ishlayotgan korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha dasturlar — “yoʻl xaritalari” 1 — 6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK Direksiyasining taʼminoti “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK tarkibiga kiruvchi korxonalarning ajratmalari hisobidan amalga oshiriladi, ularning miqdori va ajratish tartibi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK Kengashi tomonidan tasdiqlanadi;
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK tarkibiy boʻlinmalari faoliyatining moliyaviy natijalari “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK Direksiyasining balansida aks ettiriladi;
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK Direksiyasi tomonidan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning oʻtgan yillardagi taqsimlanmagan foydasi hisobidan uning zarar bilan ishlayotgan tarkibiy boʻlinmalariga moliyaviy yordam tariqasida ajratiladigan mablagʻlar ushbu mablagʻlarni oluvchi korxonalar uchun soliq solish obyekti hisoblanmaydi;
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning zarar bilan ishlayotgan tarkibiy boʻlinmalariga moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
4. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Mudofaa vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Markaziy banki, Davlat raqobat qoʻmitasi, Davlat aviatsiya nazorati inspeksiyasi, Toshkent, Navoiy, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda mazkur qaror bilan tasdiqlangan dasturlar — “yoʻl xaritalari”da belgilangan tadbirlarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlasin.
5. Davlat raqobat qoʻmitasi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda quyidagilarni taʼminlasin:
mazkur qaror bilan tasdiqlangan, moliyaviy reyestrukturizatsiya, debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarni qisqartirish, shuningdek, ekspluatatsiya xarajatlarini maqbullashtirish qismidagi dasturlar — “yoʻl xaritalari”ning amalga oshirilishini;
mazkur qaror bilan tasdiqlangan dasturlar — “yoʻl xaritalari”ning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat olib borilishini;
har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 5-sanasigacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining transport korxonalari, kapital qurilish va qurilish sanoati korxonalari boʻyicha Ishchi guruhiga dasturlar — “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotni kiritib borishni.
6. Ishchi guruh rahbari (B. Zokirov) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
mazkur qaror bilan tasdiqlangan dasturlar — “yoʻl xaritalari”da belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi, masʼul ijrochilar tomonidan ularning amalda bajarilishi boʻyicha aniq chora-tadbirlarning oʻz vaqtida ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring oʻrnatsin;
har chorakda har bir korxona kesimida mazkur qaror talablariga muvofiq koʻrilayotgan chora-tadbirlarning bajarilishi holati va samaradorligini baholash toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zokirov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 10-iyun,
153-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyundagi 153-sonli qaroriga 1-ILOVA
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK direksiyasi — zarar koʻrib ishlayotgan korxonani moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha
DASTUR — “YOʻL XARITASI”
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyundagi 153-son qaroriga 2-ILOVA
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK “Navoiy” xalqaro aeroporti — zarar koʻrib ishlayotgan korxonani moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha
DASTUR — “YOʻL XARITASI”
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyundagi 153-son qaroriga 3-ILOVA
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK “Buxoro” xalqaro aeroporti — zarar koʻrib ishlayotgan korxonani moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha
DASTUR — “YOʻL XARITASI”
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyundagi 153-son qaroriga 4-ILOVA
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK “Oʻquv-mashq markazi” DUK — zarar koʻrib ishlayotgan korxonani moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha
DASTUR — “YOʻL XARITASI”
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyundagi 153-son qaroriga 5-ILOVA
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK “Oʻzaeronavigatsiya” markazi davlat korxonasi — zarar koʻrib ishlayotgan korxonani moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha
DASTUR — “YOʻL XARITASI”
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyundagi 153-son qaroriga 6-ILOVA
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK “MAI” aviakompaniyasi — zarar koʻrib ishlayotgan korxonani moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha
DASTUR — “YOʻL XARITASI”
