Tumandagi ayrim geografik obyektlar nomlari toʻgʻrisida (151-25-son)
01.03.2014
Samarqand viloyati xalq deputatlari Pastdargʻom tumani Kengashining
Qarori
Tumanda milliy gʻoya va mentalityetimizni yanada mustahkamlash hamda Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash tuman komissiyasi qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasiga asoslanib xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasining 2014-yil 18-yanvardagi yigʻilish bayoni qarorlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Milliy gʻoya va mentalityetimizga zid boʻlgan nomlari oʻzgaradigan geografik obyektlar 1-ilovaga*, milliy gʻoya va mentalityetimizga mos boʻlgan nomlari oʻzgarmaydigan geografik obyektlar 2-ilovaga* asosan tasdiqlansin.
1-2-ilovalar berilmaydi.
3. Tuman Statistika boʻlimi (A. Suyunov), tuman Ichki ishlar boʻlimi (B. Baxramov) boshqa idora va tashkilotlar Kengash qarori bilan nomlari oʻzgargan geografik obyektlarning nomlanishi bogʻliq boʻlgan hujjatlarni bir oy muddatda rasmiylashtirish topshirilsin.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi F. Islomova va tuman hokimining oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi U. Amirov zimmalariga yuklatilsin.
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Pastdargʻom tuman Xalq deputatlari kengashi raisi V. RAXIMOV
Pastdargʻom t.,
2014-yil 1-mart,
151-25-son
