Ekinbop urugʻliklar yetishtirish maqsadida ekilgan navli qishloq xoʻjalik ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (2593-son)
12.06.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 12-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2593]
Oʻzbekiston Respublikasining “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ–2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ekinbop urugʻliklar yetishtirish maqsadida ekilgan navli qishloq xoʻjalik ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. TEShAYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 20-may,
2-son
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2014-yil 20-maydagi 2-son buyrugʻiga ILOVA
Ekinbop urugʻliklar yetishtirish maqsadida ekilgan navli qishloq xoʻjalik ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ–2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, ekinbop urugʻliklar yetishtirish maqsadida ekilgan navli qishloq xoʻjalik ekinlarini aprobatsiya qilish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Aprobatsiya oʻsimlik navining genetik jihatidan tozaligi, kasalliklarga, zararkunandalarga chidamliligi va ekishga moʻljallangan urugʻlikning umumiy holatini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
2. Aprobatsiya urugʻlik paxta va gʻalla maydonlarida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati yoki “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining qoʻshma qaroriga asosan oʻtkaziladi.
3. Har bir fermer xoʻjaligi, tumanlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha paxta va gʻalla maydonlarida aprobatsiya oʻtkazish, ularning natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati yoki “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi hamda “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va tegishincha ularning hududiy boʻlinmalari mutaxassislari va seleksioner olimlardan iborat Respublika, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat va tuman aprobatsiya komissiyalari tashkil etiladi.
4. Respublika hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat aprobatsiya komissiyalari tarkibi manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining buyrugʻi bilan, tuman aprobatsiya komissiyalarining tarkibi manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi yoki viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadi.
5. Aprobatsiya oʻtkaziladigan urugʻlik paxta va gʻalla maydonlari Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1551, 2006-yil 13-mart) hamda Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub boshoqli don ekinlari urugʻlarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1794, 2008-yil 17-aprel) muvofiq aniqlanadi.
Aprobatsiya urugʻlik yetishtiruvchi ilmiy tadqiqot institutlari va ilmiy muassasalarda ham oʻtkaziladi.
6. Aprobatsiya har yili tuziladigan paxta va gʻalla maydonlarida aprobatsiya oʻtkazish rejalari asosida oʻtkaziladi. Mazkur rejalar:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar kesimida — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan;
tumanlar kesimida — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda viloyatlar qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari tomonidan;
fermer xoʻjaliklari kesimida — tumanlar qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimlari tomonidan tasdiqlanadi.
7. Boshqa turdagi qishloq xoʻjaligi ekinlarining aprobatsiyasi urugʻlik maydonlarida tuman hokimining qaroriga muvofiq tashkil etiladigan tuman aprobatsiya komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi. Bunda ozuqabop ekinlar aprobatsiya qilinadigan maydonlar Ozuqabop ekinlar urugʻchiligiga ixtisoslashtirilgan xoʻjaliklarni tashkil etish va ozuqabop ekinlar urugʻligini yetishtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1820, 2008-yil 10-iyun) muvofiq aniqlanadi.
2-bob. Urugʻlik paxta maydonlarida aprobatsiya oʻtkazish
8. Aprobatsiya urugʻlik paxta maydonlarida har yili avgust oyidan boshlab oʻtkaziladi. Bunda nav tozaligi navlar va avlodlar boʻyicha har bir dalada alohida aniqlanadi.
9. Navdorlikni aniqlashda oʻsimlikning barcha morfologik belgilari ushbu nav boʻyicha muallif (hammuallif) tomonidan tasdiqlangan nav tavsifnomasida koʻrsatilgan belgilarga mos boʻlishi lozim. Bunda quyidagi morfologik belgilar aniqlanadi:
bosh poyaning shakli, rangi, tuklanganlik darajasi;
bargining katta-kichikligi, rangi va barg boʻlakchalarining shakli (uch qirrali, besh qirrali, yoyiq, yigʻiq);
koʻsak shakli (dumaloq, tuxumsimon, oʻtkir uchli, kalta tumshuqli, yulduzchasimon, qovurgʻasimon, koʻp chanoqli), katta-kichikligi, rangi, yuzasining holati (tekis-silliq);
shoxlanishi (1, 2, 3 va 4-tip);
gultoji bargining rangi (oq, krem yoki limon rangi).
10. Navdorlikni aniqlash uchun ekilgan urugʻlik partiyasida oʻrtacha 20 gektar maydonning bir xil rivojlangan joyidan (konturidan) bir-biridan kamida 20 m dan kam boʻlmagan masofada joylashgan ikkita joʻyak tanlab olinadi.
Har bir joʻyakda oʻrtacha (normal) rivojlangan, kasallikka chalinmagan, oʻsuv nuqtasi mavjud 100 dona sogʻlom gʻoʻza tuplari tanlab olinadi va sinchiklab koʻzdan kechiriladi.
11. Har bir joʻyakdagi birinchi oʻsimlikka 1 raqami yozilgan, yuzinchi oʻsimlikka esa, 100 raqami yozilgan yorliq osib quyiladi.
12. Morfologik belgilari nav tavsifnomasiga toʻgʻri kelmagan oʻsimliklar tegishli sanoqdagi tartib raqami yozilgan yorliq bilan belgilanadi va umumiy namunadagi oʻsimlikka nisbatan foiz hisobida ularning umumiy ulushi aniqlanadi.
13. Namunalardagi navdorlikning toʻgʻri aniqlanganligini ikkita kuzatuv oʻrtasidagi farqdan ajratish mumkin. Bunda har bir namunaning ikkita kuzatuvdagi nav tozaligi orasida yoʻl qoʻyiladigan tafovutlar cheklovi quyidagicha boʻlishi zarur:
nav tozaligi 95 — 100 foiz boʻlganda — 1 foiz;
nav tozaligi 90 — 94 foiz boʻlganda — 2 foiz;
nav tozaligi 90 foizdan past boʻlganda — 4 foiz.
14. Nav tozaligining ikki kuzatuvdagi tafovuti belgilangan cheklovlardan yuqori boʻlganda, uchinchi joʻyak tanlab olinishi va tahlil oʻtkazilishi kerak.
15. Ikkita yoki uchta kuzatuvning oʻrtacha arifmetik qiymati mazkur daladagi nav tozaligini belgilaydi.
16. Aprobatsiya oʻtkaziladigan barcha urugʻlik maydonlarida gʻoʻzaning kasallikka chalinganlik darajasi va koʻchat qalinligi ham aniqlanishi zarur. Bunda har 10 ta gʻoʻza tupi bitta namuna sifatida ajratiladi.
17. Aprobatsiya oʻtkaziladigan maydonlarda gʻoʻzaning kasalliklar bilan zararlanganligini, toʻplangan hosil miqdorini (koʻsak sonini) aniqlash uchun elita va birinchi avlodli maydonlarda har bir gektarda 10 tadan, ikkinchi va keyingi avlodli urugʻlik maydonlarda esa, shaxmat usulida har bir gektardan 1 tadan namuna tanlab olinadi. Bunda har bir namunadagi 10 ta oʻsimlikdan nechtasi vilt (vertitsillyoz, fuzarioz), nechtasi gommoz bilan zararlanganligi aniqlanib, mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi urugʻlik paxta maydonlarida aprobatsiya oʻtkazish dala jurnaliga qayd etiladi.
Oxirgi ikki tupda (toʻqqizinchi va oʻninchi tuplarda) kamida 15 kunlik koʻsaklar soni sanaladi.
Oxirgi ikki tupdagi (toʻqqizinchi va oʻninchi tuplardagi) gommoz bilan zararlangan (yuzasi (sirti) va bandi zararlangan) koʻsaklar soni alohida sanalib urugʻlik paxta maydonlarida aprobatsiya oʻtkazish dala jurnalidagi tegishli ustunga kiritiladi.
18. Urugʻlik maydonlari gʻoʻzalarning vilt (vertitsillyoz, fuzarioz) va gommoz bilan zararlanganlik darajasiga koʻra quyidagi ikki guruhga boʻlinadi:
a) birinchi guruhga:
vilt (vertitsillyoz) bilan 5 foizgacha;
gommoz bilan 5 foizgacha zararlangan maydonlar kiritiladi.
b) ikkinchi guruhga:
vilt (vertitsillyoz) bilan 5 foizdan 15 foizgacha;
vilt (fuzarioz) bilan 3 foizgacha;
gommoz bilan 5 foizdan 10 foizgacha (poya va bargi);
hosil elementlari gommoz bilan 1 foizgacha zararlangan maydonlar kiritiladi.
19. Urugʻlik paxta maydonlarida aprobatsiya oʻtkazish dala jurnalida qayd etilgan maʼlumotlar asosida urugʻlik paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar kesimida har bir dala, seleksiya navlari va avlodlari boʻyicha mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda aprobatsiya dalolatnomasi tuziladi.
20. Aprobatsiya dalolatnomalari navlar, avlodlar va maydonlar guruhlari boʻyicha umumlashtirilgan holda rasmiylashtiriladi. Bunda:
fermer xoʻjaliklari kesimida tumanlar qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimlari va paxta tozalash korxonalariga;
tumanlar kesimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari hamda “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining mintaqaviy paxta terminallariga;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar kesimida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatiga topshiriladi.
Aprobatsiya dalolatnomalarini topshirishda mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq dalolatnoma tuziladi.
3-bob. Urugʻlik gʻalla maydonlarida aprobatsiya oʻtkazish
21. Donli ekinlar sut va mum pishish fazalarida (vaqtida) aprobatsiyadan oʻtkaziladi.
22. Ilmiy tadqiqot institutlarining tajriba xoʻjaliklaridagi koʻpaytirish koʻchatzorlari, superelita va elita ekin maydonlarida aprobatsiya oʻtkazuvchi komissiya tarkibiga seleksioner, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi hosiloti (agronomi) hamda tuman “Davurugʻnazoratmarkazi” inspeksiyasi vakili kiritiladi.
23. Aprobatsiya komissiyasi tomonidan har bir daladan bogʻlam (namuna) olinib, tahlil oʻtkaziladi va tahlil natijalariga koʻra tegishli aprobatsiya dalolatnomasi tuziladi. Har bir urugʻlik yetishtiruvchi xoʻjalikning 450 gektargacha boʻlgan maydonidan 150 nuqtadan kamida oʻntadan poya olinib, jami 1500 donadan kam boʻlmagan bogʻlam tayyorlanadi.
24. Koʻpaytirish koʻchatzori, superelita va elita maydonlari aprobatsiya qilinayotganda, gʻalla maydonlarining har ikki dioganalidan bittadan ikkita bogʻlam, keyingi reproduksiyali urugʻlik gʻalla maydonlarining katta dioganalidan esa, bitta bogʻlam olinadi va alohida tahlil qilinadi.
25. Urugʻlik maydonlarining umumiy ekin maydonlari alohida aprobatsiya qilinadi. Namunalar olingan maydonning oʻzida ularning har biriga ikkitadan yorliq yozib bogʻlanadi. Yorliqlarning biri bogʻlamni ichki tomoniga, ikkinchisi esa, tashqi tomoniga bogʻlab qoʻyiladi.
26. Aprobatsiya uchun olingan bogʻlamlar ikki kun ichida toʻliq tahlil qilinadi.
Kuzgi va bahorgi bugʻdoy, arpa, suli, tritikale tahlil natijalariga asosan quyidagi fraksiyalarga ajratiladi:
1-fraksiya — aprobatsiya qilinayotgan navning yaxshi rivojlangan sogʻlom poyalari;
2-fraksiya — aprobatsiya qilinayotgan navga aralashgan boshqa nav va tur poyalari;
3-fraksiya — ajratilishi qiyin boʻlgan madaniy oʻsimlik poyalari (kuzgi bugʻdoyda javdar, arpa; bahorgi bugʻdoyda arpa, arpada bugʻdoy, suli, sulida arpa);
4-fraksiya — ajratilishi qiyin boʻlgan begona oʻtlarning poyalari (bugʻdoyda moxobel, tatar marjumagi, mishatnik, tuxmak, sineglazka, arpa va sulida qorakoʻza, qilsimon suli, arpada tuxmak, yovvoyi turp, tariqda koʻk it-qoʻnoq, gʻumay);
5-fraksiya — begona oʻtlarning poyalari (kakra, ambroziya va zarpechakning barcha turlari, yovvoyi kungaboqar, burgan);
6-fraksiya — eng xavfli oʻtlarning poyalari (gʻumay, tuxmak, piyozoʻt, oddiypechak, bugʻdoyiq, boʻztikan, baqajoʻxori, qorakoʻzalar);
7-fraksiya — zaharli oʻtlarning poyalari (kampirchopon va tuyaqorin);
8-fraksiya — asosiy ekinning kasallangan va zararlangan poyalari (chang qorakuya, qattiq qorakuya);
9-fraksiya — asosiy ekinning yaxshi rivojlanmagan poyalari.
27. Tahlil natijalarini aniqlashda har bir bogʻlamda boshqa navlar, ajratilishi qiyin boʻlgan madaniy oʻsimliklar miqdori 5 foizdan, poyasi ajratilishi qiyin boʻlgan begona oʻtlar aralashmasi 3 foizdan yuqori boʻlmasligi kerak.
28. Agar aprobatsiya bogʻlamlarida Respublikada karantindagi zararkunandalar, oʻsimlik kasalliklari va begona oʻtlarning roʻyxatiga (roʻyxat raqami 2544, 2013-yil 26-dekabr) kiritilgan zararkunandalar, oʻsimlik kasalliklari va begona oʻtlar borligi aniqlansa, bunday maydonlarda yetishtirilgan urugʻlikdan foydalanish taqiqlanadi.
29. Oʻtkazilgan aprobatsiya boʻyicha tegishli maʼlumotlar mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi jurnalga kiritib boriladi.
30. Nav tozaligi ekin maydonlari boʻyicha tekshirilganda, aprobator bergan koʻrsatkich bilan bosh aprobator yoki inspektor maʼlumotlari oʻrtasidagi farq kuzgi va bahorgi boshoqli don ekinlari boʻyicha quyidagi miqdordan oshmasligi lozim:
elita ekin maydonlarida — 0,1 foiz;
I kategoriya ekin maydonlarida — 0,3 foiz;
II va III kategoriya ekin maydonlarida — 0,6 foiz.
31. Navdorlik asosiy navning mahsuldor poyalar sonini (1-fraksiya) aprobatsiya qilinayotgan bogʻlamdagi umumiy rivojlangan poyalar soniga (1 va 2-fraksiyalar yigʻindisiga) nisbati boʻyicha aniqlanadi.
32. Ekin maydonlarining qorakuya bilan zararlanish darajasi qorakuyaning har bir turi boʻyicha alohida kasallangan poyalar sonini (3-fraksiya) umumiy rivojlangan hamda zararlangan barcha poyalar soniga (1, 2 va 3-fraksiyalar yigʻindisiga) nisbati boʻyicha aniqlanadi.
33. Ajratilishi qiyin boʻlgan begona oʻtlar bilan ifloslanish darajasi ajratilishi qiyin boʻlgan begona oʻtlarning poyalari (4-fraksiya) sonini umumiy rivojlangan poyalar soni hamda ajratilishi qiyin boʻlgan begona oʻtlar poyalari soniga (1, 2 va 4-fraksiyalar yigʻindisiga) nisbati boʻyicha aniqlanadi. Ajratilishi qiyin boʻlgan madaniy oʻsimliklar bilan ifloslanish darajasi ham shunday tartibda aniqlanadi.
34. 6, 7, 8 va 9-fraksiyalardagi poyalar soni dona hisobida yozib qoʻyiladi.
35. Aprobatsiya natijalari asosida har bir maydon uchun alohida aprobatsiya dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
36. Koʻpaytirish koʻchatzori, superelita va elita ekilgan maydonlar uchun mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda aprobatsiya dalolatnomasi tuziladi.
37. Don ekinlarining birinchi va keyingi avlod ekilgan maydonlar uchun mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shaklda aprobatsiya dalolatnomasi tuziladi.
38. Gʻalla maydoni aprobatsiya natijalariga asosan urugʻlik uchun yaroqsiz deb topilganda, mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shaklda aprobatsiya dalolatnomasi tuziladi.
39. Aprobatsiya dalolatnomalari uch nusxada tuziladi. Uning birinchi nusxasi fermer xoʻjaligiga, ikkinchi nusxasi tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimiga, uchinchi nusxasi esa, urugʻlik donni qabul qilish korxonasiga beriladi.
40. Agar aprobatsiya tahlili natijasiga koʻra, superelita va elita urugʻlik maydonlar navdorligi yoki boshqa koʻrsatkichlari boʻyicha nav tavsifnomasida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmasa, navdorlik koʻrsatkichlari muvofiq keladigan boshqa avlod sifatida baholanadi. Agar navdorlik koʻrsatkichlari III kategoriya koʻrsatkichlaridan ham past boʻlsa, gʻalla maydoni urugʻlik uchun yaroqsiz deb topiladi.
41. Bugʻdoy, arpa, suli ekilgan elita urugʻlik maydonlarda gʻallaning nav tozaligi 99,7 foiz, chang qorakuya bilan kasallanish darajasi 0,3 foiz va qattiq qorakuya bilan kasallanish darajasi 0,1 foizdan yuqori boʻlmasligi lozim.
42. Urugʻlik maydonlarda gʻallaning nav tozaligi I kategoriya uchun 99,5 foizdan, II kategoriya uchun 98 foizdan, III kategoriya uchun 95 foizdan kam boʻlmasligi lozim.
43. Aprobatsiya dalolatnomalarining raqamlari urugʻlik gʻalla yetishtiruvchi xoʻjaliklar boʻyicha tuman aprobatsiya komissiyasi tomonidan belgilanadi.
44. Chang va qattiq qorakuya bilan zararlangan superelita va elita ekinzorlaridan urugʻlik tayyorlash taqiqlanadi.
45. Urugʻlik gʻalla maydonlari quyidagi hollarda urugʻlik uchun yaroqsiz deb topiladi:
nav tozaligi 95 foizdan past boʻlganda;
chang qorakuya bilan zararlanish darajasi 2 foiz va qattiq qorakuya bilan zararlanish darajasi 5 foizdan yuqori boʻlganda;
ajratilishi qiyin boʻlgan begona oʻtlar poyalari bilan ifloslanish darajasi 3 foizdan yuqori boʻlganda;
ajratilishi qiyin boʻlgan madaniy oʻsimlik turlari bilan ifloslanish darajasi 5 foizdan yuqori boʻlganda.
4-bob. Yakuniy qoidalar
46. Aprobatsiya komissiyasi aʼzolari aprobatsiya uchun namunalarning toʻgʻri olinishi, ularning tahlil qilinishi, aprobatsiya natijalarining toʻgʻri rasmiylashtirilishi uchun javobgardir.
47. Aprobatsiya komissiyalarining faoliyati yuqori turuvchi aprobatsiya komissiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
48. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Fermerlari kengashi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Fermerlari Kengashi raisi S. TURDIYEV
2014-yil 20-may
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi F. OMONOV
2014-yil 20-may
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi raisi E. QUDRATOV
2014-yil 20-may
Ekinbop urugʻliklar yetishtirish maqsadida ekilgan navli qishloq xoʻjalik ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
URUGʻLIK PAXTA MAYDONLARIDA APROBATSIYA OʻTKAZISh DALA JURNALI
__________________________tumani qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi Aprobatsiya natijasi boʻyicha quyidagilar aniqlandi: Fermer xoʻjaligi nomi ____________________________________________________________ 1. Navdorligi ____________________________________________________% Gʻoʻza navi ____________________________________________________________ 2. Kutilayotgan yalpi hosil ____________________________________________________tn. Avlodi ____________________________________________________________ 3. Urugʻlik paxta hosildorligi ____________________________________________________ts/ga Maydoni ____________________________________________________________ 4. Umumiy hosildorligi ____________________________________________________ts/ga Shu jumladan, qoʻlda teriladi ____________________________________________________________ 5. Vilt bilan zararlangan oʻsimliklar ____________________________________________________% 6. Gommoz bilan zararlangan oʻsimliklar ____________________________________________________% meva elementlari ____________________________________%
Zararlangan oʻsimliklarni aniqlash Navdorlikni aniqlash namunaning tartib raqami namunadagi oʻsimliklar soni (10 dona) shundan zararlanganlari oxirgi ikki oʻsimlikdagi namunadagi oʻsimliklar soni (100 dona) navga xos boʻlmagan oʻsimliklar soni navdorligi % vilt bilan gommoz bilan jami koʻsak soni gommoz bilan zararlangan koʻsaklar soni Tuman aprobatsiya komissiyasi:
Ekinbop urugʻliklar yetishtirish maqsadida ekilgan navli qishloq xoʻjalik ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2018-yil 19-yanvardagi 42-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2593-2, 12.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 10/18/2593-2/0688-son)
Ekinbop urugʻliklar yetishtirish maqsadida ekilgan navli qishloq xoʻjalik ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ekinbop urugʻliklar yetishtirish maqsadida ekilgan navli qishloq xoʻjalik ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
APROBATSIYA TAHLILI NATIJALARI BOʻYIChA DALA JURNALI
Fermer xoʻjaligi nomi Ekin maydoni Navi Avlodi Kategoriyasi Aprobatsiya oʻtkazilgan sana Aprobator xulosasi Aprobatsiya bogʻlamini olganligi toʻgʻrisida fermer xoʻjaligi vakilining imzosi 1 2 3 4 5 6 7 8
Ekinbop urugʻliklar yetishtirish maqsadida ekilgan navli qishloq xoʻjalik ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Bogʻlam tartib raqami Maydon, ga Asosiy nav Nav aralashmalarining tarkibi Asosiy ekinning yaxshi rivojlanmagan poyalari soni rivojlangan poyalar soni % nomi va miqdori hammasi miqdori % 1 2 3 Oʻrtacha
Bogʻlam tartib raqami Qiyin ajraladigan madaniy oʻsimliklar aralashmasi Qiyin ajraladigan begona oʻsimliklar bilan ifloslanishi Taqiqlangan begona oʻtlar bilan ifloslanishi Zararli va zaharli begona oʻtlar bilan ifloslanishi Qishloq hoʻjalik ekinlarining kasalliklari va zararkunandalar bilan zararlanganligi nomi va miqdori hammasi nomi va miqdori hammasi nomi va miqdori nomi va miqdori kasalliklar turi va qishloq xoʻjalik ekinlari zararkunandalari miq. % miq. % miq. % miq. % miq. %
14. Tuman aprobatsiya komissiyasining xulosasi: __________________________________________________________ 15. Tuman aprobatsiya komissiyasi tomonidan aniqlagan asosiy kamchilik va takliflar (agar ushbu nav ichida unga xos boʻlmagan turlar uchrasa, albatta uning qaysi tomonga oʻzgarganligi koʻrsatiladi) ____________________ Tuman aprobatsiya komissiyasi __________________________________ (imzolar) _________________________________________________ 16. Aprobatsiya qilingan bogʻlamlarni saqlash uchun xoʻjalik vakiliga topshirildi ________________________________________________ __________________________________________________________ (lavozimi, F.I.O.) ( imzo) Tuman aprobatsiya komissiyasining xulosasi toʻgʻri: Seleksion tajriba tashkiloti rahbari ____________________________ imzo Elita-urugʻchilik xoʻjaligi rahbari _______________________________ imzo Elita-urugʻchilik xoʻjaligining laboratoriya mudiri __________________ imzo Xoʻjalik majburiyati: Navni yaxshilash, aprobatsiya oʻtkazilgan dalalarni sifatli saqlash, hosilni oʻrib olishdan to uni sotgungacha boʻlgan ishlarning sifatli bajarilishi uchun masʼuldir hamda barcha qoʻshimcha tashkiliy ishlarni oʻz zimmasiga oladi va vaqtida bajaradi. Navdor urugʻlar boshqa xoʻjaliklarga tarqatiladigan boʻlsa, “Oʻzdavurugʻnazoratmarkazi” tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatining nusxasi qoʻshib beradi. Xoʻjalik rahbari______________________________________ ____________________________________________________ F.I.O. imzo Elita-urugʻchilik xoʻjaligi rahbari __________________________ ______________________________________________________ F.I.O. imzo 20__ yil “____”____________________
Ekinbop urugʻliklar yetishtirish maqsadida ekilgan navli qishloq xoʻjalik ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Bogʻlam tartib raqami Maydon, ga Asosiy nav Nav aralashmalarining tarkibi Asosiy ekinning yaxshi rivojlanmagan poyalari soni rivojlangan poyalar soni % nomi va miqdori hammasi miqdori % 1 2 3 Oʻrtacha
Bogʻlam tartib raqami Qiyin ajraladigan madaniy oʻsimliklar aralashmasi Qiyin ajraladigan begona oʻsimliklar bilan ifloslanishi Taqiqlangan begona oʻtlar bilan ifloslanishi Zararli va zaharli begona oʻtlar bilan ifloslanishi Qishloq hoʻjalik ekinlarining kasalliklari va zararkunandalar bilan zararlanganligi nomi va miqdori hammasi nomi va miqdori hammasi nomi va miqdori nomi va miqdori kasalliklar turi va qishloq xoʻjalik ekinlari zararkunandalari miq. % miq. % miq. % miq. % miq. %
b) makkajoʻxori soʻtasi asosiy turi ____________ dona _________ % makkajoʻxori soʻtasining boshqa turlari __________ dona ______ % asosiy turga xos 100 ta soʻtadagi urugʻning kseniyligi _______ dona v) chetdan changlanuvchilarga xos xususiyat _____________________ % g) noʻxatning yovvoyi noʻxat bilan aralashmasi _________________ % 16. Aprobator taklifi: ______________________________________ ___________________________________________________________ (F.I.O., lavozimi) Aprobator _____________________________________ (imzo) Xoʻjalik vakili ________________________________ (imzo) 20___ yil “____” ____________________ Xoʻjalik majburiyati: Navni yaxshilash, aprobatsiya oʻtkazilgan dalalarni sifatli saqlash, hosilni oʻrib olishdan to uni sotgungacha boʻlgan ishlarning sifatli bajarilishi uchun masʼuldir hamda barcha qoʻshimcha tashkiliy ishlarni oʻz zimmasiga oladi va vaqtida bajaradi. Navdor urugʻlar boshqa xoʻjaliklarga tarqatiladigan boʻlsa, “Oʻzdavurugʻnazoratmarkazi” tomonidan urugʻga berilgan muvofiqlik sertifikatining nusxasi qoʻshib beradi. Xoʻjalik rahbari_________________________________ __________ (F.I.O.) ( imzo) Katta aprobator __________________________________ _________ (F.I.O.) ( imzo) Inspektor _______________________________________ _________ (F.I.O.) ( imzo)
Ekinbop urugʻliklar yetishtirish maqsadida ekilgan navli qishloq xoʻjalik ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Bogʻlam tartib raqami Maydon, ga Asosiy nav Nav aralashmalarining tarkibi Asosiy ekinning yaxshi rivojlanmagan poyalari soni rivojlangan poyalar soni % nomi va miqdori hammasi miqdori % 1 2 3 Oʻrtacha
Bogʻlam tartib raqami Qiyin ajraladigan madaniy oʻsimliklar aralashmasi Qiyin ajraladigan begona oʻsimliklar bilan ifloslanishi Taqiqlangan begona oʻtlar bilan ifloslanishi Zararli va zaharli begona oʻtlar bilan ifloslanishi Qishloq hoʻjalik ekinlarining kasalliklari va zararkunandalar bilan zararlanganligi nomi va miqdori hammasi nomi va miqdori hammasi nomi va miqdori nomi va miqdori kasalliklar turi va qishloq xoʻjalik ekinlari zararkunandalari miq. % miq. % miq. % miq. % miq. %
b) Avlodi: _____________________________________________ v) makkajoʻxori soʻtasi ___asosiy turi “___” ____dona__%____ makkajoʻxori soʻtasining boshqa turlari “___”___dona___%___ asosiy turga xos 100 ta soʻtadagi urugʻning kseniyligi__dona__ g) Chetdan changlantiruvchilarga xos xususiyat______%_________ d) Yovvoyi xashaki, koʻk noʻxat bilan ifloslanishi “___” __%___ 3. Quyidagi kamchiliklar tufayli yaroqsiz deb topildi _______ _______________________________________________________ _______________________________________________________ 4. Aprobator xulosasi___________________________________ ______________________________________________________ 5. Aprobatsiya qilingan oʻsimlik bogʻi saqlash uchun xoʻjalik vakiliga topshirildi___________________________________ ______________________________________________________ ______________________________________________________ (lavozimi, F.I.O.) 20__yil “____”_______________ Aprobatorlarning_______________________________________ (F.I.O. va lavozimi)______________________________________________________ ______________________________________________________ xoʻjalik vakilining _____________________________________ (F.I.O. va lavozimi) XOʻJALIK MAJBURIYATI: Urugʻ yetishtiruvchi subyekt aprobatorining xulosasini bajarish uchun masʼuldir, shuningdek yaroqsiz deb topilgan maydondan terib olingan hosilni navdor urugʻliklar bilan aralashtirmasligi, uni tayyorlov shoxobchasiga nav dalolatnomasisiz topshirishi lozim. Xoʻjalik rahbari ________________________ __________________ (F.I.O.) (imzo) Aprobator ishining toʻgʻriligini tekshirdi: _________________ Katta aprobator _________________________________________ Inspektor ______________________________________________ 20__yil “____”_______________
