Tumanning 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida (111-q-son)
24.02.2014
Samarqand viloyati Paxtachi tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi hamda viloyat hokimining 2013-yil 30-dekabrdagi 287-Q-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori haqida”gi qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli hamda viloyat hokimining 2013-yil 30-dekabrdagi 287-Q sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tumanning 2014-yilgi mahalliy budjet parametrlari 1-ilovaga*, tumanning 2014-yilgi umumdavlat soliqlari boʻyicha tushumlarining Paxtachi tuman budjetiga ajratiladigan meʼyorlari 2-ilovaga* muvofiq, tumanning 2014-yilgi mahalliy budjetining subvensiyalar taqsimoti 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
1—3-ilovalar berilmaydi.
3. Tuman hokimligi Moliya boʻlimi (Sh. Qudratov) tuman hokimligi gʻaznachilik boʻlimi (X. Shodiyev)larga budjetdan ajratiladigan mablagʻlardan samarali foydalanish ustidan qattiq nazorat oʻrnatilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari A. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Hokim K. QURBANOV
Ziyovuddin sh.,
2014-yil 24-fevral,
111-q-son
