Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safiga navbatdagi chaqiruv toʻgʻrisida (28-son)
18.01.2014
Toshkent viloyati Bekobod shahar hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 217-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-dekabrdagi PQ-2093-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan shahar fuqarolarini 2014-yil chaqiruv davrida muddatli harbiy xizmatga chaqirish hamda safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olish ishlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-dekabrdagi PQ-2093-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida”gi va Toshkent viloyati hokimining 2013-yil 30-dekabrdagi 298-sonli qarori ijro va rahbarlik uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur qarorga muvofiq:
1987—1996-yillarda tugʻilgan, chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari 2014-yilning fevral-mart oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi;
muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan fuqarolar 2014-yilning mart-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari rezerviga boʻshatilishi;
muddatli harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega boʻlmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinishi belgilanganligi qayd etib oʻtilsin.
3. Muddatli harbiy va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqiruv ishlari 2014-yil 1-fevralidan 31-martiga qadar shahar Mudofaa ishlari boʻlimida chaqiruv komissiyasi tomonidan tasdiqlangan reja asosida amalga oshirilsin.
4. Shahar tibbiy komissiya faoliyatini muvofiqlashtiruvchi chaqiruv komissiyasi tarkibi 1-ilovaga, shahar Mudofaa ishlari boʻlimiga texnik xodimlar ajratuvchi korxona va tashkilotlar roʻyxati 2-ilovaga va avtotransport vositalarini ajratuvchi korxona va tashkilotlar roʻyxati 3-ilovaga va chaqiruv uchastkasida 1998-yilda chaqiruvgacha boʻlgan yoshlarni dispanser koʻrigidan oʻtkazish komissiya tarkibi 4-ilovaga asosan tasdiqlansin.
5. Bekobod shahar Tibbiyot birlashmasi (B. Yarlaqabov)ga:
chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga loyiqligini aniqlovchi shahar tibbiy komissiyasini malakali tibbiyot xodimlari bilan taʼminlash;
joriy yilning 31-martigacha shahar Mudofaa ishlari boʻlimi jadvaliga asosan chaqiriluvchilarning tibbiy lobaratoriya tekshiruvlaridan sifatli oʻtkazish va ushbu ishga shifokorlarni jalb etish;
doimiy asosda faoliyat yurituvchi shahar tibbiy chaqiruv komissiyasini zarur tibbiy asbob-uskunalar va anjomlar bilan toʻliq taʼminlanishini tashkil etish vazifasi topshirilsin.
6. Shahar Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi (B. Qurbonov):
navbatdagi chaqiruvga yuqori darajada tayyorgarlik koʻrib, chaqiriluvchilarni tibbiy koʻrikdan sifatli oʻtkazish uchun shahar doimiy chaqiruv komissiyasi tarkibida belgilangan tartibda malakali psixologlar ishtirokini taʼminlasin.
7. Shahar Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (O. Shokirov)ga:
Qurolli Kuchlar safidan boʻshatilgan fuqarolarni, ularning xizmat davrida egallagan harbiy va fuqarolik mutaxassisliklarini hisobga olgan holda, belgilangan tartibda ishga joylashtirish choralarini koʻrib amalga oshirilgan ishlar boʻyicha haftalik maʼlumotlarni shahar komissiyasiga taqdim etib borsin.
8. Shahar Mudofaa ishlari boʻlimi (N. Xaqnazarov)ga:
shahar chaqiruv komissiyasi ishini belgilangan reja asosida oʻtkazishni taʼminlash;
viloyat Mudofaa ishlar boshqarmasi tomonidan berilgan reja asosida komandalarni toʻliq butlash, safarbarlik chaqiruv rezervi xizmati rejasini amalga oshirish, chaqiruvchilarni muddatli harbiy xizmatga joʻnatilishini tantanali tarzda amalga oshirish;
muddatli harbiy xizmatni oʻtab qaytayotgan harbiy xizmatchilarni tantanali kutib olishni tashkil etish vazifasi yuklatilsin.
9. “Mahalla” xayriya jamoat fondi Bekobod shahar boʻlimi (B. Saydinov) va barcha mahalla fuqarolar yigʻinlari raislariga:
shahar Mudofaa ishlari boʻlimi talabi yuzasidan chaqiruvchilarni xabardor etish;
2014-yilgi safarbarlik chaqiruv rezervi xizmati rejasini bajarish uchun 7 nafardan sogʻligʻi jihatdan sogʻlom, oilaviy sharoiti yaxshi va pul badallarini toʻlash imkoni boʻlgan chaqiriluvchilarni tanlab olish va ular bilan shartnomalar tuzishni amalga oshirishda koʻmaklashish;
shahar Mudofaa ishlar boʻlimi bilan hamkorlikda mahallalarda ota-onalar va chaqiriluvchilar bilan tushuntirish, targʻibot-tashviqot ishlari olib borish vazifasi yuklatilsin.
10. Shahar Ichki ishlari boʻlimi (M. Ashirmatov):
2014-yil 1-fevralidan 31-martigacha Mudofaa ishlari boʻlimi chaqiruv komissiyasiga Ichki ishlar xodimlarining navbatchiligini joriy etish, harbiy xizmatdan boʻyin tovlagan chaqiriluvchilarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻrish va bu borada ular orasida tushuntirish ishlari olib borishiga alohida eʼtibor qaratish vazifasi yuklatilsin.
11. Shahar Madaniyat va sport ishlari boʻlimi (O. Abdushukurov) va shahardagi kasb-hunar kollejlari direktorlariga:
chaqiriluvchilar bilan Vatanparvarlik, Vatan mudofaasiga har tomonlama tayyor boʻlish haqidagi turli xil suxbatlar, uchrashuvlar, madaniy va sport tadbirlarini uyushtirish;
dunyo voqealari, siyosiy hayot va yangiliklar bilan tanishtirib borish maqsadida shahar Mudofaa ishlari boʻlimi chaqiruv uchastkasini vaqtli matbuot nashrlari bilan taʼminlash vazifasi yuklatilsin.
12. Shahar Xotin-qizlar qoʻmitasi (Sh. Abduraxmonova), “Mahalla” xayriya jamoat fondi shahar boʻlimi (B. Saydinov), “Nuroniy” jamgʻarmasi (T. Muratov), “Kamolot” YIH shahar Kengashi (A. Niyazov), Madaniyat va sport ishlari boʻlimi (O. Abdushukurov):
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 14-yanvardagi 10-sonli “Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yigʻish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarishni tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 3-son, 13-modda) talablariga muvofiq tuman fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi, ularni harbiy qismlarda qabul qilinishini, rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarilishini;
keng jamoatchilik, faxriylar, sanʼat va madaniyat arboblari hamda badiiy jamoalar ishtirokida yoshlarni muddatli harbiy xizmatga kuzatish, ularga sovgʻalar berish, harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan askarlarni kutib olish tadbirlari tantanali vaziyatda oʻtkazilishini taʼminlash vazifasi topshirilsin.
13. “Bekobod ishchisi” va “Rabochiy Bekabada” gazetalarini tahririyati (V. Pan) va “Poʻlat” televideniyesi:
chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga tanlash va chaqiruv komissiyalari ishlarini, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatining tashkil etilishi va Qurolli kuchlar rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni joylarda kutib olinishini roʻznomada keng yoritib borilishini taʼminlasin.
14. Bekobod shahar xokimining 2013-yil 15-yanvardagi 5-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi qurolli kuchlari safiga navbatdagi chaqiruv toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
15. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish shahar hokimining oʻrinbosari T. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim M. BUXARBOYEV
Bekobod sh.,
2014-yil 18-yanvar,
28-son
Shahar hokimining 2014-yil 18-yanvardagi 28-sonli qaroriga 1-ILOVA
Shahar tibbiy komissiya faoliyatini muvofiqlashtiruvchi chaqiruv komissiyasi
TARKIBI
1. T. Sultonov — Shahar hokimining oʻrinbosari, chaqiruv komissiyasi raisi 2. N. Xaqnazarov — Shahar Mudofaa ishlari boʻyicha boʻlim boshligʻi, chaqiruv komissiyasi raisining oʻrinbosari 3. B. Xudoyberdiyev — Shahar Mudofaa ishlari boʻlimi chaqiruv boʻlimi boshligʻi, chaqiruv komissiyasi kotibi Komissiya aʼzolari 4. Sh. Abduraxmonova — Shahar hokimi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi 5. Z. Abdurazzaqov — Shahar Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari 6. B. Saydinov — “Mahalla” jamoat fondi Bekobod shahar boʻlimi raisi 7. A. Niyazov — “Kamolot” YIH shahar Kengashi raisi 8. T. Muratov — “Nuroniy” jamgʻarmasi shahar boʻlimi raisi
Shahar hokimining 2014-yil 18-yanvardagi 28-sonli qaroriga 2-ILOVA
Bekobod shahar Mudofaa ishlari boʻlimida 2014-yil chaqiruvni sifatli va belgilangan reja-jadval asosida oʻtkazishni taʼminlash maqsadida texnik xodim ajratuvchi korxona va tashkilotlar
ROʻYXATI
T/r Korxonalar nomi Tex. xodimlar soni Ajratish muddati 1. “Oʻzmetkombinat” OAJ 2 kishi 10.01.2014-y. 31.03.2014-y. 2. “Bekobodsement” OAJ 2 kishi 10.01.2014-y. 31.03.2014-y. 3. “Bekobodsemaʼmir” MChJ 2 kishi 10.01.2014-y. 31.03.2014-y. 4. Bekobod shahar Elektr taminoti korxonasi 1 kishi 10.01.2014-y. 31.03.2014-y. 5. “Bekobodgaz” korxonasi 1 kishi 10.01.2014-y. 31.03.2014-y. 6. Bekobod shahar XTMFMT va TEBga qarashli 7 umumtaʼlim maktabi 1 kishi 10.01.2014-y. 31.03.2014-y. 7. Bekobod shahar XTMFMT va TEBga qarashli 1 umumtaʼlim maktabi 1 kishi 10.01.2014-y. 31.03.2014-y. 8. Bekobod shahar XTMFMT va TEBga qarashli 6 umumtaʼlim maktabi 1 kishi 10.01.2014-y. 31.03.2014-y. 9. Bekobod Sanʼat kolleji 1 kishi 10.01.2014-y. 31.03.2014-y. 10. Bekobod Texnika-iqtisodiyot KHK 1 kishi 10.01.2014-y. 31.03.2014-y.
Shahar hokimining 2014-yil 18-yanvardagi 28-sonli qaroriga 3-ILOVA
Bekobod shahar Mudofaa ishlar boʻlimida 2014-yil chaqiruvni sifatli va belgilangan reja-jadval asosida oʻtkazishni taʼminlash maqsadida navbatchi avtotransport ajratuvchi korxona va tashkilotlar
ROʻYXATI
T/r Korxonalar nomi Muddati 1. “Bekobodsement” OAJ 10.01.2014-y — 31.01.2014-y. 2. “Oʻzmetkombinat” OAJ 01.02.2014-y — 01.03.2014-y.
Toshkent viloyati yigʻuv punktiga navbatchi yengil avtomashina ajratish JADVALI T/r Korxonalar nomi Muddati 1. “Oʻzmetkombinat” OAJ 04.02.2014-y. 2. “Oʻzmetkombinat” OAJ 22.02.2014-y.
Shahar hokimining 2014-yil 18-yanvardagi 28-sonli qaroriga 4-ILOVA
Bekobod shahar Mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimining chaqiruv uchastkasida 1998-yilda chaqiruvgacha boʻlgan yoshlarni dispanser koʻrigidan oʻtkazish komissiyasi
TARKIBI
T/r F.I.Sh. Mutaxassisligi 1. P.S. Qodirova Katta shifokor 2. M. Abdurazzaqova Oʻsmirlar shifokori 3. M. Ochilova Shifokor — terapevt 4. X. Bayguzina Shifokor — nevropotolog 5. J. Soatov Shifokor — psixiator 6. T.A. Kan Shifokor — oftalmolog 7. D. Djabbarova Shifokor — dermatolog 8. X. Solijonov Shifokor — otolaringolog 9. M. Tuxtayeva Shifokor — stomatolog 10. O. Xamitova Tibbiy komissiyasi masʼul kotibi
