Tumanda geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (23/2-son)
31.12.2013
Toshkent viloyati Xalq deputatlari Oʻrtachirchiq tumani Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining «Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida»gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 41-son, 448-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi «Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida»gi 295-sonli qarori hamda Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasining 2013-yil 4-dekabrdagi 1/8-4-4562-sonli bayonnomasi ijrosini taʼminlash maqsadida, xalq deputatlari Oʻrtachirchiq tuman Kengashining yigirma uchinchi sessiyasi qaror qiladi:
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasining 2013-yil 4-dekabrdagi 1/8-4-4562-sonli bayonnomasi ijro uchun qabul qilinsin.
2. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasining tumandagi ayrim geografik obyektlar nomlarini qayta nomlash boʻyicha xulosasi 1-ilovaga* muvofiq, Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasining tumandagi geografik obyektlarni oʻz nomida qoldirish boʻyicha xulosasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Sh. Xashimov zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi B. IBRAGIMOV
Toʻytepa sh.,
2013-yil 31-dekabr,
23/2-son
