Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (534-son)
25.11.2013
Jizzax viloyati Paxtakor tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 5-iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1996-sonli qarori va viloyat hokimining 2013-yil 11-iyuldagi “Viloyat iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 160-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda tumanda xalq xoʻjaligi, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha muassasalari va uy-joy fondi obyektlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida tayyorlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 5-iyuldagi PQ–1996-sonli hamda viloyat hokimining 2013-yil 11-iyuldagi 160-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tuman hokimining oʻrinbosarlari rahbarligida ikkita ishchi guruhi tarkibi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
koʻp qavatli uy-joy fondini va unga xizmat koʻrsatuvchi markazlashgan qozon va qozonxonalarni, sovuq suv, markazlashgan issiqlik tarmoqlarini joriy va kapital taʼmirlash, irrigatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish, markaziy va mahalla ichidagi koʻchalarni sanitariya jihatidan tozalash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, tumandagi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari hamda boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatini takomillashtirish, ijtimoiy soha, iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga belgilangan muddatlarda hamda yetarli hajmlarda yonilgʻi-energetika resurslarining asosiy turlarini tabiiy gaz, elektr energiyasi, koʻmir, tomlarni qoplovchi qattiq bitumni yetkazib berish hamda joriy va kapital taʼmirlash ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (Y. Baxritdinov);
maktablar, bolalar bogʻchalari, tibbiyot muassasalari, kollejlar, litsey va boshqa ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga, mazkur obyektlarning tomlarini, ichki isitish tizimlari va qozonxonalarni joriy va kapital taʼmirlab, ularni muqobil yonilgʻi turlaridan foydalanishga oʻtkazishni, obyektlarning issiqlik bilan taʼminlanishini, tegishli sanitariya holati, ularning hududlarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishni nazarda tutuvchi ishlarni tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (A. Sangirov).
3. Quyidagilar:
tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha tadbirlar rejasi 1-ilovaga;
asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini hududlar boʻyicha 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda kapital va joriy taʼmirlash topshiriqlari 2, 3 va 4-ilovalarga;
asosiy yoqilgʻi-energetika resurslari va texnik tuzni hududlar boʻyicha 2013-2014-yillar kuz-qish davri uchun tayyorlash topshiriqlari 5-ilovaga;
tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 6-ilovaga*;
* 6-ilova berilmaydi.
tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yilgi kuz-qish mavsumi davrida barqaror ishlashga tayyorlashda belgilangan tadbirlarning bajarilishi hamda kuz-qish mavsumida aholiga va ijtimoiy soha muassasalariga elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvini uzluksiz taʼminotini yoʻlga qoʻyish, koʻmir va suyultirilgan gaz yetkazib berilishi borasida amalga oshirilgan ishlarni muvofiqlashtiruvchi tuman komissiyasi qoshida doimiy ravishda ishlaydigan shtab tarkibi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman tashkilotlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda korxonalari rahbarlari zimmasiga iqtisodiyot tarmoqlarining 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashiga yoʻnaltirilgan tadbirlar hamda ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
5. Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi (Y. Baxritdinov) va (A. Sangirov):
kommunal soha tashkilotlari, qozonxonalar, koʻp xonadonli turar joy binolari, taʼlim, sogʻliqni saqlash muassasalari hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha joylardagi ishlarning ahvolini tanqidiy oʻrganib chiqish va joriy yilning 30-noyabridan kechikmay ushbu masala boʻyicha komissiyaning majlisini oʻtkazsin;
oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha tuman iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarining 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlar va topshiriqlarni bajarish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar rejasi amalga oshirilishini taʼminlasin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosarlari Y. Baxritdinov va A.Sangirov zimmasiga yuklatilsin.
7. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim Gʻ. QARShIBOYEV
Paxtakor sh.,
2013-yil 25-noyabr,
534-son
Tuman hokimining 2013-yil 25-noyabrdagi 534-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha tadbirlar
Rejasi
T/r Tadbirlar nomi Bajarish muddati Bajarishga masʼullar 1. 2013-2014-yillar kuz-qish davrida: tuman aholi punktlari, kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish tashkilotlari, ijtimoiy soha muassasalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, shuningdek qozonxonalar va muhandislik inshootlarining doimiy ishlashini taʼminlash maqsadida taʼmirlash ishlari boʻyicha; borilishi qiyin boʻlgan aholi punktlarida yashayotgan aholi xonadonlarini suyultirilgan gaz, koʻmir (6-ilova), shuningdek muqobil ichimlik suvi manbasi (shu jumladan tashib keltiriladigan suv) bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar (masʼullar va ishlarning bajarilish muddati bilan) ishlab chiqish va tasdiqlash. 2 kun muddatda Tuman “Suvoqova” (B. Otajonov), “Paxtakortumangaz” filiali (Z. Bozorov), tuman elektr tarmoqlari korxonasi (X. Poʻlatov), tuman obodonlashtirish boshqarmasi (R. Zavqiyev), tegishli tuman idoralari, tashkilotlari va korxonalar rahbarlari 2. Kuz-qish mavsumi tayyorgarligiga bogʻliq boʻlgan neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari, siqilgan gaz, koʻmir, texnik tuz va boshqa yoqilgʻi mahsulotlarini uzluksiz tashish va yetkazib berish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqish. 2 kun muddatda Tuman hokimligi, “Paxtakortumangaz” filiali (Z. Bozorov), tuman elektr tarmoqlari korxonasi (X. Poʻlatov), tegishli tuman idoralari va korxonalari rahbarlari 3. Qish mavsumi davrida tabiiy gaz yetib borishi qiyin boʻlgan va gaz yoqilgʻisi tanqis boʻlishi kutilayotgan aholi punktlaridagi aholi va ijtimoiy soha obyektlarini aniqlash (5-ilova) va ularni jadval asosida koʻmir va siqilgan gaz bilan taʼminlash. 2 kun muddatda Tuman hokimligi, “Paxtakortumangaz” filiali (Z. Bozorov), tegishli tuman idoralari va korxonalari rahbarlari 4. Aholi ehtiyoji uchun koʻmirni grafik asosida taʼminlash mexanizmini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2 kun muddatda Tumanlar hokimligi, taʼminot tashkilotlari rahbarlari 5. Koʻmir yoqilgʻisi bilan taʼminlashda koʻmirni qabul qilib oluvchi yaʼni xoʻjalik yurituvchi subyektlarga aniqlik kiritib, koʻmirni belgilangan muddatlarda yetkazib berish mexanizmini ishlab chiqish (5-ilova). 2013-yil 30-noyabrgacha Tuman taʼminot tashkilotlari rahbarlari 6. Kuz-qish mavsumi davrida energetika tizimida yuklama eng yuqori boʻlgan paytda isteʼmolni kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2013-yil 30-noyabrgacha Tuman elektr tarmoqlari korxonasi (X. Poʻlatov) 7. Mavjud asbob uskunalarning qish oylarida tabiiy gaz, elektr va issiqlik energiyasi isteʼmolini kamaytirishni nazarda tutuvchi yuqori zoʻriqish va kechki maksimum davrida ishlash jadvalini shuningdek asosiy asbob-uskunalarni taʼmirlash jadvalini ishlab chiqish. 2013-yil 30-noyabrgacha Tuman “Suvoqova” korxonasi (B. Otajonov), “Paxtakortumangaz” filiali (Z. Bozorov),tuman elektr tarmoqlari korxonasi (X. Poʻlatov) rahbarlari 8. Aholi va ulgurji isteʼmolchilarni uzluksiz tabiiy gaz bilan t�ʼminlash grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash 2013-yil 30-noyabrgacha “Paxtakortumangaz” filiali (Z. Bozorov) 9. Aholini tabiiy gaz bilan bir meʼyorda taʼminlash uchun barcha korxonalar va tashkilotlar tomonidan qozonxonalarni kuz-qish mavsumi davrida yoqilgʻining zaxira turlari bilan uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun suyuq va qattiq yoqilgʻining zarur zaxiralarini yaratish. (5-ilova) 2013-yil 30-noyabrgacha “Paxtakortumangaz” filiali (Z. Bozorov) 10. Uy-joylar, binolar va inshootlar holatining yongʻin xavfsizligi boʻyicha texnik meʼyorlariga muvofiqligini koʻrikdan oʻtkazish 2013-yil 30-noyabrgacha Tuman yongʻin xavfsizligi boʻlimi (N. Balxiyev), tuman obodonlashtirish boshqarmasi (R. Zavqiyev), tegishli tashkilotlar va korxonalar rahbarlari 11. Umumtaʼlim maktablari, kollejlar va davolash-profilaktika muassasalarini belgilangan tartibda koʻmir mahsuloti bilan taʼminlash choralarini koʻrish 2013-yil 30-noyabrgacha Tuman xalq taʼlimi (M. Alqarov), sogʻliqni saqlash (D. Norboyev) boʻlimlari 12. Maktab va maktabgacha boʻlgan taʼlim muassasalarini,maxsus internatlarni, oʻquv muassasalarini, kasalxona, poliklinika va qishloq vrachlik punktlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarini tugallashni taʼminlash boʻyicha grafiklarni ishlab chiqish. 2013-yil 30-noyabrgacha Tuman xalq taʼlimi (M. Alqarov), tibbiyot birlashmasi (D. Norboyev), aholini ijtimoiy muhofaza qilish boʻlimi (O. Qodirov) 13. Issiqlik energiyasi bilan yetarli darajada taʼminlanmagan koʻp xonadonli uy-joylarning umumiy soniga aniqlik kiritish. Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash choralarini koʻrish. 2013-yil 30-noyabrgacha Tuman hokimligi, tuman obodonlashtirish boshqarmasi (R. Zavqiyev), tegishli tashkilotlar va korxonalar rahbarlari 14. Uy-joylarni qish mavsumiga tayyorlashni yakunlash, issiqlik tarmoqlarini izolatsiyalash boʻyicha moʻljallangan ish hajmlarini tamomlash, uy-joylarni issiqlik bilan taʼminlash sifatini oshirish tadbirlarini amalga oshirish, muhandislik kommunikatsiyalari, issiqlik punktlari joylashgan yertoʻlalar va tomlarni nazoratdan oʻtkazishni tashkil etish, tomlar, yertoʻlalar va uy yoʻlaklariga kirish eshiklarini zarur darajada yopilishini taʼminlash. 2013-yil 30-noyabrgacha Tuman “Suvoqova” korxonasi (B. Otajonov), tuman obodonlashtirish boshqarmasi (R. Zaqiyev), tegishli tashkilotlar va korxonalar rahbarlari 15. 1991-yilgacha qurilgan koʻp qavatli uylarni mukammal taʼmirlash uchun belgilangan budjet, aholi va homiylar mablagʻlarini oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlash (3-ilova). 2013-yil 30-noyabrgacha Tuman hokimligi,moliya boʻlimi (Z. Tangirov), tuman obodonlashtirish boshqarmasi (R. Zavqiyev) 16. Qozonxonalarni mukammal va joriy taʼmirlash (3 va 4-ilova) hamda ularning kuz-qish mavsumi davrida ishlashga tayyorligi toʻgʻrisida tegishli dalolatnomalarni rasmiylashtirish, sertifikatlangan qozonlar va gaz yoquvchi qurilmalar oʻrnatilganligiga alohida eʼtiborni qaratish 2013-yil 30-noyabrgacha Tegishli tuman idoralari, tashkilotlari va korxonalari rahbarlari 17. Umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim muassasalari, maxsus maktab-internatlari, kasb-hunar kollejlari va sogʻliqni saqlash muassasalarida ishdan chiqqan isitish tizimlari va qozonxonalarni qaytadan tiklash choralarini koʻrish 2013-yil 30-noyabrgacha Tuman xalq taʼlimi (M. Alqarov), tibbiyot birlashmasi (D. Norboyev) 18. Taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalarini hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davriga tayyorlash boʻyicha tumanda belgilangan topshiriqlarning soʻzsiz ijrosini taʼminlash (5-ilova) 2013-yil 30-noyabrgacha Tuman xalq taʼlimi (M. Alqarov), tibbiyot birlashmasi (D. Norboyev) 19. Meʼyor darajada issiqlik energiyasi bilan taʼminlanmaydigan isteʼmolchilarga aniqlik kiritib, alohida lokal issiqlik qozonlarni oʻrnatish 2013-yil 30-noyabrgacha Tuman obodonlashtirish boshqarmasi (R. Zavqiyev), tegishli tashkilotlar va korxonalar rahbarlari 20. Tuman hududidagi barcha ijtimoiy soha va boshqa turdagi obyektlarni 2013-2014-yillar kuz-qish mavsumi davriga tayyorlashning borishini tumanda tashkil qilingan ishchi komissiyalar tomonidan oʻrganib chiqish va tuman hokimligiga axborot taqdim etib borish. 2013-yil 30-noyabrdan boshlab har oʻn kunda Tuman hokimligi qoshidagi ishchi komissiyalar 21. Koʻp xonadonli uy-joylarni va ijtimoiy soha obyektlarini xatlovdan oʻtkazish va oʻtkazilgan xatlovga asosan bino va inshootlarning tom qismini mukammal va joriy taʼmirlash ishlarining bajarili�ini taʼminlash 2013-yil 30-noyabrgacha Tuman obodonlashtirish boshqarmasi (R. Zavqiyev), tegishli tashkilotlar va korxonalar rahbarlari 22. Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish mavsumi davrida barqaror ishlash bilan bogʻliq masalalarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish Doimiy “Paxtakor hayoti” roʻznomasi (X. Xudoyorov)
Tuman hokimining 2013-yil 25-noyabrdagi 534-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tuman boʻyicha asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologiya asbob-uskunalarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida ishlashga tayyorlab qoʻyishda kapital taʼmirlash boʻyicha
TOPShIRIQ
№ Tuman nomi Kapital taʼmirlash 1991-yilgacha qurilgan koʻp qavatli uy-joylar (birlikda) Elektr tarmoqlari (km) Transformator punktlari (dona) Qozon- xonalar (dona) Qozonlar (dona) Issiqlik tarmoqlari (km) Ichimlik suvi tarmoqlari, (km) Tabiiy gaz tarmoqlari, (�m) 1 Paxtakor 19,3 15 0,1 1,0
Tuman hokimining 2013-yil 25-noyabrdagi 534-sonli qaroriga 3-ILOVA
Asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologiya asbob-uskunalarini tuman boʻyicha 2013-2014-yillar kuz-qish davrida ishlashga tayyorlab qoʻyishda joriy taʼmirlash boʻyicha
TOPShIRIQ
№ Tuman nomi Joriy taʼmirlash Koʻp xonadonli uy-joylar (dona) Qozon- xonalar (dona) Qozonlar (dona) Issiqlik tarmoqlari (km) Issiqlik trassalarini izolatsiyalash (km) Ichimlik suvi tarmoqlari, (km) Gaz taqsimlash qurilmalarini taftishdan oʻtkazish (dona) Elektr tarmoqlari (km) Transformator punktlari (dona) 1 Paxtakor 2 0,2 239 166,0 42
Tuman hokimining 2013-yil 25-noyabrdagi 534-sonli qaroriga 4-ILOVA
Tumanda ijtimoiy soha obyektlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida ishlashga tayyorlab qoʻyishda mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha
TOPShIRIQ
Tuman hokimining 2013-yil 25-noyabrdagi 534-sonli qaroriga 5-ILOVA
Tumanda 2013-2014-yillar kuz-qish davrida yoqilgʻi-energetika zaxiralarini tayyorlab qoʻyish boʻyicha
TOPShIRIQ
№ Tuman nomi Koʻmir (tonna) Aholi uchun suyultirilgan gaz (tonna) Texnik tuz (tonna) Jami: Budjet tashkilotlariga shundan: aholi xalq taʼlimi sogʻliqni saqlash kasb-hunar taʼlimi 1 Paxtakor 560,0 560,0 42,04
Tuman hokimining 2013-yil 25-noyabrdagi 534-sonli qaroriga 7-ILOVA
Tuman komissiyasi qoshida doimiy ravishda ishlaydigan shtab
TARKIBI
