Davlat tasarrufidagi, avtoxoʻjaliklar, korxona va tashkilotlar hamda fuqarolar avtotransportlarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (2-son)
14.01.2014
Fargʻona viloyati Soʻx tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 54-sonli qarori talabalarini bajarish hamda tuman IIB YXXning 2014-yil 2-yanvardagi 44/9-32-sonli xatiga asosan tumandagi davlat tasarrufidagi va boshqa mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha korxona, tashkilot, avtoxoʻjaliklar va fuqarolarning shaxsiy avtotransportlarini texnik koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish maqsadida qaror qilaman:
1. Tumandagi davlat tasarrufidagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha korxona, tashkilot, avtoxoʻjaliklar va fuqarolarning shaxsiy avtotransportlarini texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-ilova berilmaydi.
2. Avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
3. Mazkur qarorga asosan avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish mavsumida komissiya aʼzolarining oʻz korxonasidagi ish haqi saqlangan holda ularni mazkur ishga jalb etib berish tegishli korxona tashkilot rahbari zimmasiga yuklansin.
4. Oʻz ixtiyoridagi barcha texnika vositalarini texnik koʻrikka tayyorlash tumandagi barcha korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari zimmalariga yuklansin.
5. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilishni hokim oʻrinbosari M. Jumayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim T. RAHIMOV
Rovon sh.,
2014-yil 14-yanvar,
2-son
