Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (233-son)
29.08.2013
Jizzax viloyati Yangiobod tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 5-iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1996-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda tumanda xalq xoʻjaligi, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha muassasalari va uy-joy fondi obyektlarini 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida tayyorlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 5-iyuldagi PQ-1996-sonli hamda viloyat hokimining 2013-yil 11-iyuldagi 160-sonli qarorlari maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tuman hokimining oʻrinbosarlari rahbarligida ikkita ishchi guruhi tarkibi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
mahalla ichidagi koʻchalarni sanitariya jihatidan tozalash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, ijtimoiy soha obyektlariga, iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga belgilangan muddatlarda hamda yetarli hajmlarda yonilgʻi-energetika resurslarining asosiy turlarini — tabiiy gaz, elektr energiya, koʻmir, elektr va gaz taʼminoti, gaz taqsimlash punktlari, transformator podstansiyalarini joriy va kapital taʼmirlash ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (A. Usmonov);
maktablar, bolalar bogʻchalari, tibbiyot muassasalari, kollejlar va boshqa ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga, mazkur obyektlarning tomlarini, ichki isitish tizimlari va qozonxonalarini taʼmirlab, ularni muqobil yonilgʻi turlaridan foydalanishga oʻtkazishni, obyektlarning issiqlik bilan taʼminlanishining tegishli sanitariya holati, ularning 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi (A. Usmonov) va (D. Mamadazimov);
kommunal soha tashkilotlari, qozonxonalar, koʻp xonadonli turar joy binolari, maktabgacha tarbiya muassasalari, umum taʼlim maktablari, oʻrta maxsus taʼlim, sogʻliqni saqlash muassasalari hamda boshqa ijtimoiy soxa obyektlarini 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga mazkur obyektlarni tomlarini, ichki istish tizimlari va qozonxonalarini joriy va kapital taʼmirlab, ularni issiqlik bilan taʼminlashga, tegishli sanitariya holati, ularning hududlarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishni nazarda tutuvchi ishlarni tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (D. Mamadazimov).
3. Quyidagilar:
tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha tadbirlar 1-ilovaga*;
asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini hududlar boʻyicha 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda kapital va joriy taʼmirlash topshiriqlari 2, 3 va 4-ilovalarga*;
asosiy yoqilgʻi-energetika resurslari va texnik tuzni hududlar boʻyicha 2013/2014-yillar kuz-qish davri uchun tayyorlash topshiriqlari 5-ilovaga*;
tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 6-ilovaga*;
tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013/2014-yilgi kuz-qish mavsumi davrida barqaror ishlashga tayyorlashda belgilangan tadbirlarning bajarilishi hamda kuz-qish mavsumida aholiga va ijtimoiy soha muassasalariga elektr energiyasi, tabiiy gaz yetkazib berilishi borasida amalga oshirilgan ishlarni muvofiqlashtiruvchi tuman komissiyasi qoshida doimiy ravishda ishlaydigan shtab tarkibi 7-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 — 7-ilovalar berilmaydi.
4. Tuman tashkilotlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda korxonalari rahbarlari zimmasiga iqtisodiyot tarmoqlarining 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashiga yoʻnaltirilgan tadbirlar hamda ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
5. Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi (A. Usmonov) va (D. Mamadazimov):
kommunal soha tashkilotlari, qozonxonalar, koʻp xonadonli turar joy binolari, maktabgacha tarbiya muassasalari, umum taʼlim maktablari, oʻrta maxsus taʼlim, sogʻliqni saqlash muassasalari hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlarini 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha joylardagi ishlarning ahvolini tanqidiy oʻrganib chiqish va joriy yilning 5-sentabridan kechikmay ushbu masala boʻyicha komissiyaning majlisini oʻtkazsin;
oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha tuman iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarining 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlar va topshiriqlarni bajarish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar rejasi amalga oshirilishini taʼminlasin.
6. Ushbu qarorning bajarilishi 2013-yil oktyabr oyida tuman hokimligi majlisida tanqidiy koʻrib chiqilsin.
7. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosarlari A. Usmonov va D. Mamadazimov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim A. QOʻLDOShOV
Yangiobod sh.,
2013-yil 29-avgust,
233-son
