Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida (34-q-son)
14.01.2014
Samarqand viloyati Samarqand shahri hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y, 5-6-son, 97-modda) hamda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 7-son, 40-modda) ijrosini yanada jadallashtirish, ishsiz fuqarolarni ijtimoiy himoyalash koʻmagini oshirish hamda shahar hududida joylashgan korxona va tashkilotlar tomonidan bergan takliflarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Ish bilan band boʻlmagan fuqarolarni haq toʻlanadigan jamoat ishlariga, xususan obodonlashtirish, qurilish va taʼmirlash ishlariga jalb qilish boʻyicha shaharda joylashgan korxona va tashkilotlar takliflari 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Ishsiz fuqarolarni, shuningdek mehnat organlarida ish qidirayotgan shaxslarni haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
1-2-ilovalar berilmaydi.
3. Ishchi guruhiga haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish parametrlari doirasida obodonlashtirish, qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish boʻyicha ish joylarini tashkil qilishni belgilangan tartibda nazoratga olish vazifasi topshirilsin.
4. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan shahar hokimining 2012-yil 6-dekabrdagi 2071-q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish shahar hokimining oʻrinbosari J. Uraqov va shahar Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori N. Vafoqulova zimmalariga yuklatilsin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingandan soʻng kuchga kiradi.
Hokim A. ShUKUROV
Samarqand sh.,
2014-yil 14-yanvar,
34-q-son
