“Isteʼmolchi obyektlarini elektr taʼminoti loyihalarining kelishuvini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (1731-2-son)
05.06.2014
ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIGʻINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 5-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1731-2]
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi) toʻgʻrisidagi nizomga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-martdagi 52-sonli “Energiya taʼminoti sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2007-yil 17-sentabrdagi 144-sonli “Isteʼmolchi obyektlarini elektr taʼminoti loyihalarining kelishuvini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1731, 2007-yil 20-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 43-son, 436-modda);
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 24-noyabrdagi 24-sonli “Isteʼmolchi obyektlarini elektr taʼminoti loyihalarining kelishuvini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1731-1, 2011-yil 21-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2011-y., 51-son, 547-modda).
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda “Oʻzbekenergo” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq A. NIMATULLAYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 3-iyun,
5-son
Kelishilgan:
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV
2014-yil 30-may
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUHAKIMOV
2014-yil 21-may
“Oʻzbekenergo” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Boshqaruv raisi I. BASIDOV
2014-yil 12-may
