Marhamat tuman mahalliy budjetining 2013-yildagi ijrosi hamda 2014-yil budjetining asosiy koʻrsatkichlari haqida (121/27-4-son)
07.01.2014
Andijon viloyati Xalq deputatlari MarHamat tumani kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 12, 13-moddalariga, Budjet kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2013-yil 14-noyabrdagi 770-II-sonli, Oliy Majlis Senatining 12-dekabrdagi 399-II-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Marhamat tuman mahalliy budjetining 2013-yildagi ijrosi:
Daromadlar qismi boʻyicha:
daromadlar tushumi 17 mlrd 375 mln 795 ming soʻm, xarajatlarni qoplashga yoʻnaltirilgan yil boshiga boʻlgan budjet mablagʻlari 290 mln 719 ming soʻm, viloyat budjetidan olingan subvensiyalar jami 25 mlrd 490 mln 344 ming soʻm, oʻtkazib beriladigan 60 mln soʻm oʻzaro hisob boʻyicha viloyat budjetidan olingan mablagʻlar 3 mlrd 103 mln 524 ming soʻm.
Xarajatlar qismi boʻyicha:
jami xarajatlar 46 mlrd 320 mln 382 ming soʻm miqdorida 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Tuman mahalliy budjetining 2014-yilgi asosiy koʻrsatkichlari:
daromadlar qismi soliq tushumlari boʻyicha 22 mlrd 362 mln 366 ming soʻm, viloyat budjetidan olinadigan subvensiyalir 36 mlrd 797 mln 332 ming soʻm hamma daromadlar 59 mlrd 159 mln 698 ming soʻm miqdorida 2-ilovaga*;
xarajatlar qismi sohalar boʻyicha 59 mlrd 159 mln 698 ming soʻm miqdorida hamda aylanma kassa mablagʻi meʼyori 348 mln 572 ming soʻm miqdorida 3-ilovaga*;
2014-yilda umumdavlat soliqlari boʻyicha tushumlarning tuman mahalliy budjetiga ajratiladigan meʼyorlari 4-ilovaga* asosan tasdiqlansin;
tuman mahalliy budjet daromadlari, xarajatlari, viloyat budjetidan oʻtkazib beriladigan daromadlar, subvensiya mablagʻlari miqdorlari va aylanma kassa mablagʻlarining meʼyorlari 5-ilovaga*;
umumdavlat soliqlaridan tuman budjetiga 2014-yil uchun ajratmalar meʼyorlari 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1—6-ilovalar berilmaydi.
3. Tumandagi mutasaddi tashkilotlar:
Makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni taʼminlashga, aholining real daromadlari va turmush farovonligini oshirishga hamda inflyatsiya darajasini maqsadli prognoz koʻrsatkichlar doirasida saqlashga qaratilgan bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirishni va iqtisodiyotni erkinlashtirishni davom ettirilsin;
investitsiya muhitini yaxshilash, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va yangi ish oʻrinlari yaratishni yanada ragʻbatlantirish maqsadida, iqtisodiyot zimmasiga tushayotgan soliq yukini kamaytirish va soliq maʼmuriyatchiligi tizimini yanada soddalashtirish, yangi korxonalar barpo etish va ishlab chiqarish hajmini oshirish hisobiga soliq bazasini koʻpaytirish, soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining barqarorligini taʼminlash, shuningdek soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlaridagi oʻzgartirishlarni barcha soliq toʻlovchilarga yetkazish va keng tushuntirish ishlarini olib borish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrsin;
aholi turmush farovonligini oshirishga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan davlat xarajatlarining, shu jumladan taʼlimni rivojlanitirishga, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilashga, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga qilinadigan xarajatlarning ustuvorligini taʼminlasin;
mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlar va koʻrsatilayotgan xizmatlarning ichki hamda tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini taʼminlash maqsadida investitsiya va innovatsiya jarayonlarini ragʻbatlantirish orqali iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirishga yoʻnaltirilgan tarkibiy oʻzgartirishlar hamda iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish dasturlarini amalga oshirishni davom ettirsin;
ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini yanada rivojlantirish, shuningdek mamlakatni modernizatsiya qilish, bandlikni taʼminlash va aholi turmush sifatini oshirishning eng muhim omili sifatida xizmat koʻrsatish sohasini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
mahalliy budjetning budjetlararo munosabatlarini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrsin;
budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlar maqsadli va manzilli ishlatilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlash, budjetdan ajratilgan mablagʻlardan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini beruvchi moliyalashtirishning normativ usullarini joriy etishning kengaytirish hisobiga xarajatlarni maqbullashtirish maqsadida Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini takomillashtirish boʻyicha ishlarni davom ettirsin;
Hukumatimizning iqtisodiyotimizni yuqori surʼatlarda oʻsishi, inflyatsiya darajasining belgilangan koʻrsatkichlar doirasida saqlab turilishi, investitsiyalar miqdori va aholi real daromadlarining muttasil ravishda oshib borishi, Davlat budjetining daromadlari boʻyicha ishonchli va barqaror oʻsishni taʼminlash boʻyicha dasturli koʻrsatmalari ijrosi soʻzsiz taʼminlanishi choralari koʻrilsin;
tumanning iqtisodiy jihatdan yanada rivojlanishini, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlanishini, ijtimoiy dasturlar ustuvor tarzda moliyalashtirilishini, uy-joy kommunal xoʻjaligini yaxshilashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarning bajarilishini hamda budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlasinlar;
ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini yanada rivojlantirish, shuningdek bandlikni taʼminlash va aholi turmush sifatini oshirishning eng muhim omili sifatida xizmat koʻrsatish sohasini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar;
soliq siyosatini xoʻjalik yurituvchi subyektlarga soliq yukini yanada kamaytirishga, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga, aholining daromadlarini oʻstirish va ularning xarid qilish qobiliyatini oshirishga, soliq maʼmurchiligini soddalashtirish va mukammallashtirishga qaratilgan Hukumat qarorlarini soʻzsiz bajarish choralarini koʻrsinlar;
2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini, turmush darajasi va daromadlari oʻsishini taʼminlash, mehnat bozorida ish kuchiga boʻlgan talabni oshirish boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlarining mavjud salohiyatidan samarali foydalanish yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining masʼuliyati oshirilsin.
4. Tuman soliq inspeksiyasi (B. Gʻofurov), moliya boʻlimi (J. Mamajonov) hamda barcha tijorat banklari budjet daromadlarining tasdiqlangan koʻrsatkichlari soʻzsiz bajarilishini, hududning soliq bazasi va moliyaviy salohiyati kengaytirilishi yuzasidan samarali chora-tadbirlar qabul qilinishini taʼminlasinlar hamda budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar.
5. Tuman moliya, gʻaznachilik, davlat soliq inspeksiyalari va barcha tijorat banklari hisobot davrlari yakunlarida mazkur qarorning bajarilishi haqida tuman hokimligiga axborot berib borsinlar.
6. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan 2012-yil 30-dekabrdagi 74/16-4 sonli qarori 2014-yil birinchi yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. “Oq oltin” tahririyati ushbu qarorni matbuotda eʼlon qilinishini taʼminlasin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi raisi X. Sheraliyev zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari Marhamat tuman kengashi raisi X. SULTONOV
Marhamat t.,
2014-yil 7-yanvar,
121/27-4-son
