Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini va hududlarining qismlarini rivojlantirishni rejalashtirishga doir hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida (140-son)
03.06.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-son qarorini bajarish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining aholi punktlarini va qishloqlararo hududlarini, Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini va hududlarining qismlarini rivojlantirishni rejalashtirishga doir hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish yoʻli bilan sifatli shaharsozlik hujjatlari bilan taʼminlashni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini va hududlarining qismlarini rivojlantirishni rejalashtirishga doir hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 3-iyun,
140-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 140-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini va hududlarining qismlarini rivojlantirishni rejalashtirishga doir hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini va hududlarining qismlarini rivojlantirishni rejalashtirishga doir hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashtirishning Bosh sxemasi (Bosh sxema) — hududlarni joylashtirish, tabiatdan foydalanish, umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlgan muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tizimlarini rivojlantirishning asosiy maqsadlari va yoʻllarini belgilovchi shaharsozlik hujjatlari;
umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlgan, alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari — umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlgan, alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati hududlarida, shaharsozlik sohasida jamiyat, davlat, yuridik va jismoniy shaxslar manfaatlari taʼminlanishini hisobga olgan holda, ularsiz ushbu hududlardan foydalanish mumkin boʻlmagan yoki foydalanish qiyin boʻlgan shaharsozlik faoliyatini tartibga soluvchi, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan hududlarning chegaralarini belgilovchi hujjatlar;
Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini va hududlarining qismlarini rivojlantirishni rejalashtirishga doir hujjatlar (rejalashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlar) — ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini va hududlarining qismlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlar, ularga quyidagilar kiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida joylashtirishning Bosh sxemasi;
ikki va undan koʻp mintaqalar hududlarini hamda boshqa hududlarni oʻz ichiga oladigan Oʻzbekiston Respublikasi hududlari qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish sxemalari;
Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish sxemalari;
Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishning tarmoq sxemalari hamda muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalari;
ikki va undan koʻp mintaqalarni hamda boshqa hududlarni oʻz ichiga oladigan Oʻzbekiston Respublikasi hududlari qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish sxemalari (shaharsozlik jihatidan rejalashtirishning konsolidatsiya qilingan sxemalari) — hududlarni zonalashtirishni aniqlovchi hujjatlar, mintaqalararo va mintaqaviy ahamiyatga ega boʻlgan joylashtirish, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarning mintaqaviy tizimlarini rivojlantirish, tabiatdan oqilona foydalanish, hududlarni kompleks rivojlantirish maqsadida resurslar bilan taʼminlash chora-tadbirlari;
Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishning tarmoq sxemasi — muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, hududlarni xavfli geologik va gidrogeologik jarayonlardan himoya qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqtisodiyot tarmoqlarining ishlab chiqaruvchi kuchlarini joylashtirishning asosiy parametrlarini va rejalashtirish yechimlarini aniqlovchi hujjatlar;
muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalari — muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni modernizatsiyalash va rivojlantirishning asosiy parametrlarini va konseptual yechimlarini aniqlovchi, shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha aniq takliflardan iborat boʻlgan hujjatlar;
Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish sxemasi — hududlarni zonalashtirishni, tegishli hududda mintaqalararo, mintaqaviy va qishloqlararo ahamiyatga ega boʻlgan aholi punktlari, sanoat, qishloq xoʻjaligi, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni joylashtirish, rivojlantirish tizimlarini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlarini aniqlovchi hujjatlar.
3. Umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlgan, alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarini rejalashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlar, shaharsozlik hujjatlari, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalari (keyingi oʻrinlarda shaharsozlik hujjatlari deb ataladi) umuman respublika boʻyicha shaharsozlik siyosatining asosiy yoʻnalishlarini asoslovchi va belgilovchi, doimiy amal qiladigan va muntazam ravishda yangilab boriladigan dasturiy, axborot-tahliliy hujjatlar hisoblanadi.
Shaharsozlik hujjatlari respublika hududlarini tashkil etishning strategik yoʻnalishlarini, shuningdek, yashash uchun qulay muhit yaratish maqsadida shaharlar va qishloq aholi punktlarining hamda qishloqlararo hududlarning barqaror rivojlantirilishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni aniqlaydi.
Shaharsozlik hujjatlari shaharsozlikni rejalashtirish sohasida ishlarning oqilona va oʻzaro kelishilgan tizimini taʼminlashda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻzaro hamkorligining asosi boʻlib xizmat qiladi.
4. Shaharsozlik hujjatlarining asosiy maqsadi va vazifalari Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi bilan aniqlanadi.
II. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish
5. Shaharsozlik hujjatlarini, Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishning tarmoq sxemalaridan tashqari, shuningdek muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish manfaatdor vazirliklar va idoralar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi deb ataladi) tomonidan taʼminlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishning tarmoq sxemalarini hamda muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish, Qurilish va kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan holda, tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan taʼminlanadi.
6. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tegishli vazirliklar va idoralarning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida amalga oshiriladi.
Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishning tarmoq sxemalarini, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqishni moliyalashtirish tegishli vazirliklar va idoralar mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
8. Shaharsozlik hujjatlarini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish sxemalaridan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishning tarmoq sxemalarini, shuningdek muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi funksiyalari Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish sxemalarini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi funksiyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishning tarmoq sxemalarini hamda muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi funksiyalari tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
9. “Oʻzshaharsozlik LITI” DUK shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha bosh loyiha-qidiruv tashkiloti hisoblanadi. “Toshkentboshreja LITI” DUK Toshkent viloyatini rejalashtirish sxemalarini, Toshkent viloyati va Toshkent shahri boʻyicha muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalarini, umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlgan, alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha bosh loyiha-qidiruv tashkiloti hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishning tarmoq sxemalarini hamda muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish bosh loyiha-qidiruv tashkilotlari bilan kelishuv boʻyicha, ixtisoslashtirilgan loyiha-qidiruv tashkilotlarini jalb etgan holda amalga oshirilishi mumkin.
10. Shaharsozlik hujjatlarini loyihalash yuzasidan topshiriq, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunaviy tuzilmaga muvofiq, tegishli ravishda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, ularni ishlab chiqishning tashabbuskorlari boʻlgan vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
11. Tasdiqlangan topshiriq asosida loyiha-qidiruv tashkiloti ishlar dasturini va kalendar-muvofiqlashtirish rejasini tayyorlaydi, ularda quyidagilar nazarda tutiladi:
ushbu Nizomga 3, 4, 5 va 6-ilovalarga muvofiq shaharsozlik hujjatlari materiallarining taxminiy tarkibi (grafik materiallar masshtabi bilan birga grafik va matnli materiallar roʻyxati);
asosiy bajaruvchilar va birgalikda bajaruvchilar tomonidan ishlarni amalga oshirishning muddatlari va ketma-ketligi.
12. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish muddati, oldinda turgan ishlarning hajmidan kelib chiqqan holda, ishlanmaning tashabbuskori tomonidan aniqlanadi va u uch yildan oshmasligi kerak.
13. Rejalashtirishga doir shaharsozlik hujjatlari mamlakatni, iqtisodiyot tarmoqlarini va alohida mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning umumrespublika dasturlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
14. Loyiha-qidiruv tashkiloti shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga manfaatdor vazirliklar va idoralardan mutaxassislar va konsultantlarni, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarini jalb etish huquqiga ega.
III. Shaharsozlik hujjatlarini kelishish
15. Shaharsozlik hujjatlari davlat va ekologiya ekspertizalaridan oʻtkazilgungacha hamda tasdiqlash uchun taqdim etilgungacha manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilishi kerak.
Shaharsozlik hujjatlarini manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishishga taqdim etish — buyurtmachiga, koʻrib chiqish va kelishishning barcha bosqichlarida himoya qilish — uni ishlab chiqqan loyiha-qidiruv tashkilotiga yuklanadi.
16. Loyiha-qidiruv tashkiloti shaharsozlik hujjatlarini koʻrib chiqish uchun manfaatdor vazirliklar va idoralarga taqdim etadi, ular materiallar olingandan keyin bir oy muddatda oʻz xulosalarini beradilar (yuboradilar).
17. Shaharsozlik hujjatlarini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha tegishli vazirlik va idora ularni eʼtirozlarsiz kelishadi yoki uning vakolatiga bevosita taalluqli mulohazalar va takliflarni koʻrsatgan holda uni puxtalashtirish uchun qaytaradi.
18. Kelishmovchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi mavjud kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun shaharsozlik hujjatlarini kelishiluvchi organlar bilan birga muhokama etishni taʼminlashi kerak.
19. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan, ushbu vazirliklar va idoralarning hamda, zarurat boʻlganda, ularning hududiy tashkilotlari vakillari kiritiladigan idoralararo komissiyalarni tashkil etish yoʻli bilan aynan bir vaqtda shaharsozlik hujjatlarini manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birga koʻrib chiqish tashkil etilishi mumkin.
20. Ishlab chiqilgan shaharsozlik hujjatlariga ularni koʻrib chiqish va kelishish davomida tavsiya etilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, ular tasdiqlash uchun taqdim etilgungacha, loyiha-qidiruv tashkiloti tomonidan kiritiladi.
IV. Shaharsozlik hujjatlarini tasdiqlash
21. Shaharsozlik hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida joylashtirishning Bosh sxemasidan tashqari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rejalashtirish sxemalari tasdiqlash uchun kiritilgungacha Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan davlat ekspertizasidan oʻtadi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida joylashtirishning Bosh sxemasi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rejalashtirish sxemasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan tuziladigan maxsus idoralararo ekspert guruhi tomonidan oʻtkaziladigan davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi kerak. Idoralararo ekspert guruhining ishlarini Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi boshqaradi.
22. Shaharsozlik hujjatlari davlat ekspertizasining ijobiy xulosasi olingan taqdirda, koʻrib chiqish uchun buyurtmachi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashiga kiritiladi.
Shaharsozlik hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi tomonidan oʻn kun muddatda koʻrib chiqiladi.
23. Davlat ekspertizasining ijobiy xulosasi olinganda va Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashida maʼqullanganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shaharsozlik hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori loyihasi tayyorlanadi, u tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
24. Shaharsozlik hujjatlari Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish sxemalari, Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishning tarmoq sxemalari, shuningdek muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalari bundan mustasno.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish sxemalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishning tarmoq sxemalari hamda muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalari tegishli vazirliklar va idoralarning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
25. Shaharsozlik hujjatlarining asosiy qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangandan keyin ommaviy axborot vositalarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi interaktiv davlat xizmatlarining Yagona portali veb-saytida eʼlon qilinadi.
V. Yakunlovchi qoida
26. Tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga faqat tegishli ravishda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, shuningdek tegishli vazirliklar va idoralar taqdimnomasiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ularga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi qaroriga koʻra yoʻl qoʻyiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini va hududlarining qismlarini rivojlantirishni rejalashtirishga doir hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini va hududlarining qismlarini rivojlantirishni rejalashtirishga doir hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash
SXEMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Shaharsozlik hujjatlarini tasdiqlash Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish toʻgʻrisida qaror Shaharsozlik hujjatlarini tasdiqlash uchun kiritish Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va ekspertizadan oʻtkazish 1 6 2 3 4 Loyiha-qidiruv tashkiloti (“OʻzshaharsozlikLITI” DUK yoki “ToshkentboshrejaLITI” DUK) Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish Vazirliklar va idoralar Shaharsozlik hujjatlarini kelishish Maxsus idoralararo ekspert guruhi Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida joylashtirishning bosh sxemasini, shaharsozlikni rejalashtirishning konsolidatsiya qilingan sxemasini, Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rejalashtirish sxemasini ekspertizadan oʻtkazish Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Umumdavlat ahamiyatiga ega, alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlarini, Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishning tarmoq sxemalarini hamda muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarini rivojlantirish sxemalarini ekspertizadan oʻtkazish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi Shaharsozlik hujjatlarini kelishish 5
Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini va hududlarining qismlarini rivojlantirishni rejalashtirishga doir hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Izohlar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududlaridan joylashtirishning Bosh sxemasini loyihalashga, Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rejalashtirish sxemasiga buyurtmachi tomonidan topshiriqni Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi vizalaydi, Qurilish va kommunal xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari kelishadi,Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri tasdiqlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari kelishadi.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish sxemasini loyihalashga buyurtmachi tomonidan topshiriqni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosarining va viloyat hokimi oʻrinbosarining kotibiyat mudiri vizalaydi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyat hokimining oʻrinbosari kelishadi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyat hokimi tasdiqlaydi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri kelishadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishning tarmoq sxemalarini loyihalashga hamda muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalariga buyurtmachi tomonidan topshiriqni vazirlik va idora boshqarmasi boshligʻi vizalaydi, vazirlik va idora rahbarining oʻrinbosari kelishadi, vazirlik va idora rahbari tasdiqlaydi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri kelishadi.
4. Umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlgan, alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlari hujjatlarini loyihalashga buyurtmachi tomonidan topshiriqni Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi vizalaydi, Qurilish va kommunal xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari kelishadi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri tasdiqlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi departamenti mudiri kelishadi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini va hududlarining qismlarini rivojlantirishni rejalashtirishga doir hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida joylashtirish Bosh sxemasi materiallarining taxminiy tarkibi
Izohlar:
Sanab oʻtilgan asosiy materiallar uchun joylashtirish Bosh sxemasining asoslovchi loyiha yechimlari materiallari kompleksi bajariladi.
Grafik materiallar masshtabi boʻlim boʻyicha taqdim etilgan toʻliq axborotlar talablariga muvofiq aniqlanadi.
Loyiha yechimlarini illustratsiyalovchi va detallashtiruvchi sxemalar hamda boshqa materiallar qoʻshimcha ravishda bajarilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini va hududlarining qismlarini rivojlantirishni rejalashtirishga doir hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rejalashtirish sxemasi materiallarining taxminiy tarkibi
Izoh:
Asoslovchi, illustratsiyalovchi va detallashtiruvchi sxemalar va materiallar erkin masshtabda va hajmda qoʻshimcha ravishda bajariladi, shu jumladan:
ekzogen geologik jarayonlar va zilzilalarga bardoshlilik;
hozirgi vaqtda tabiiy muhitning ifloslanishi va buzilishi;
yer usti va yer osti suv resurslari;
oʻrmon resurslari;
mineral-xom ashyo resurslari;
hududlardan qishloq xoʻjaligi uchun foydalanish;
tabiiy-qishloq xoʻjaligi potensiali;
energiya taʼminoti shart-sharoitlari va resurslari;
qishloq joylarda joylashtirish shart-sharoitlari;
maʼmuriy-hududiy tuzilishi;
iqlim boʻyicha zonalashtirish.
Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini va hududlarining qismlarini rivojlantirishni rejalashtirishga doir hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish sxemalari materiallarining taxminiy tarkibi
Izohlar:
Muhandislik jihatidan uskunalash sxemasini alohida tarmoq sxemalari tarzida bajarishga yoʻl qoʻyiladi.
Asoslovchi, illustratsiyalovchi va detallashtiruvchi loyiha yechimi sxemalari va materiallari qoʻshimcha ravishda bajarilishi mumkin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy viloyatlarining sugʻoriladigan zonasi uchun hududlarning hozirgi vaqtdagi holatini va loyiha rejasini 1:100 000 masshtabda, barcha hudud uchun esa — 1:300 000 masshtabda bajarish tavsiya etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini va hududlarining qismlarini rivojlantirishni rejalashtirishga doir hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirish tarmoq sxemalari, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalari materiallarining taxminiy tarkibi
Izohlar:
Muhandislik jihatidan uskunalash sxemasini alohida tarmoq sxemalari tarzida bajarishga yoʻl qoʻyiladi.
Asoslovchi, illustratsiyalovchi va detallashtiruvchi loyiha yechimi sxemalari va materiallari qoʻshimcha ravishda bajarilishi mumkin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy viloyatlarining sugʻoriladigan zonasi uchun hududlarning hozirgi vaqtdagi holatini va loyiha rejasini 1:100 000 masshtabda, barcha hudud uchun esa — 1:300 000 masshtabda bajarish tavsiya etiladi.
