Marhamat tumandagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (62-q-son)
11.02.2014
Andijon viloyati Marhamat tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomini tasdiqlash haqida”gi 54-sonli qarorining ijrosini taʼminlash, tumandagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻz vaqtida oʻtkazilishini tashkil etish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhinig 2014-yil 28-yanvardagi 19-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tumandagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi 1-ilovaga* asosan, koʻrikni oʻtkazish jadvali 2-ilovaga* asosan tasdiqlansin.
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
3. Tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl xarakati xavfsizligi guruhi katta inspektori (D. Abdurazaqov)ga:
mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha yuridik shaxslarni transport vositalari ikki bosqichda yaʼni birinchi bosqichi 2014-yilning 1-martdan 30-iyungacha, ikkinchi bosqichi 1-sentabrdan 31-oktabrgacha boʻlgan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtkazilishini;
jismoniy shaxslarga qarashli transport vositalarini texnik koʻrigi 2014-yil 1-fevraldan 31-avgustga qadar oʻtkazilishi;
tumandagi barcha mehnat jamoalarini avtomobil, tirkama va yarim tirkamalarni, shuningdek fuqarolarning shaxsiy transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomini tasdiqlash haqida”gi 54-sonli qaroriga asosan texnik koʻrikdan belgilangan muddatlarda oʻtkazish vazifalari topshirilsin.
4. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2013-yil 9-fevraldagi 10-F-sonli farmoyishi nazoratdan chiqarilsin.
5. Tuman “Oq oltin” gazetasi muharririyati (A. Xojimatov)ga, mazkur qaror matnini matbuotda eʼlon qilish hamda amalga oshirilayotgan ishlarni gazeta saxifalarida muntazam yoritib borish vazifasi yuklatilsin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari M. Nasriddinov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim X. SULTONOV
Marhamat sh.,
2014-yil 11-fevral,
62-q-son
