Toshkent shahri boʻyicha 2014-yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari toʻgʻrisida (279/4-32-son)
28.12.2013
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013-yil 12-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi SQ-399-II-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ 2099-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda;) muvofiq xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Toshkent shahri boʻyicha 2014-yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi, Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti va tuman hokimliklariga 2014-yil mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalarini soliq toʻlovchilar eʼtiboriga yetkazilishi va ijro etilishini taʼminlash topshirilsin.
3. Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati (X. Ermatov), “Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalari tahririyati (A. Akramov) mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari F. Ziyayev zimmasiga yuklansin.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi R. USMANOV
Toshkent sh.,
2013-yil 28-dekabr,
279/4-32-son
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2013-yil 28-dekabrdagi 279/4-32 qaroriga ILOVA
Toshkent shahri boʻyicha 2014-yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari
*koʻrsatib oʻtilgan stavkalar miqdori Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida yagona hisoblanadi.
**avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari orqali benzin va dizel yoqilgʻisi sotilishida, avtotransport vositalari uchun benzin, dizel va gaz yoqilgʻisiga hisoblanadigan soliq xar bir litrdan, boshqa xollarda xar bir tonna hisobidan amalga oshiriladi.
***yigʻim Toshkent shahar hokimligi Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti hisob raqamiga oʻtkaziladi va ushbu mablagʻning ishlatilishi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
