Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2014-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari haqida (48-son)
14.01.2014
Toshkent shahar hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 102-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 15-son, 186-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi, Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari bilan kelishilgan 2013-yil 27-noyabrdagi 01/14-645-sonli, 53-sonli va B.Yu/03-04-06/124-sonli ijara toʻlovining eng kam stavkalari Toshkent shahar hokimligining kapital qurilish, kommunal xoʻjaligi, obodonlashtirish sanoat va tadbirkorlik masalalari boʻyicha majmuasi tomonidan oʻrganib chiqilganligini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda; 1999-y., 1-son, 20-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 541-modda; 2005-y., 52-son, 385-modda; 2007-y., 15-son, 153-modda; 39-son, 399-modda; 2008-y., 52-son 513-modda) 25-moddasiga asosan, qaror qilaman:
1. Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2014-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari 1-ilovaga*, ijara toʻlovini aniqlash tartibi 2-ilovaga*, ijara haqini hisoblashda davlat obyektlariga qoʻshimcha koeffitsiyent qoʻllaniladigan Toshkent shahrining markaziy qatnov koʻchalari roʻyxati, 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ilovalar berilmaydi.
2. “Toshkent shahar davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat korxonasi (R. Musajonov):
Ijara haqi qiymatini belgilashda 1-ilovada koʻrsatilgan koʻchmas mulk uchun qoʻllaniladigan eng kam stavkalaridan, ijara haqini hisoblash tartibini 2-ilovaga asosan hamda Toshkent shahrining markaziy qatnov koʻchalari roʻyxatidan 3-ilovaga asosan tayanch sifatida foydalanilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarorining 31-moddasiga muvofiq, davlat mulki boʻlgan binolar va xonalarda joylashgan budjet tashkilotlari uchun ijara toʻlovining “nol” stavkasi qoʻllanilishi belgilanganligi inobatga olinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonuni 16-moddasiga asosan ushbu qarorning 2-ilovasining 2.1-bandida keltirilgan bino va inshootlarning fasad qismidan reklama vositalari uchun ijara sifatida foydalanishda Toshkent shahar hokimligi reklama va axborot faoliyati boʻyicha komissiyasi tasdiqlagan va tavsiya qilgan ijtimoiy reklamalar joylashtirilgan muddatga ijara toʻlovlaridan ozod etilishi nazarda tutilsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, Davlat mulkini balansida saqlovchilarning mansabdor shaxslari ularning tasarrufida boʻlgan foydalanilmayotgan davlat mulki toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Toshkent shahar davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat korxonasiga oʻz vaqtida, toʻliq va ishonchli berilishi uchun shaxsan javobgardirlar.
4. Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati (X. Ermatov), “Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalari tahririyati (A. Akromov) mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinsin va www.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorati Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari B. Raxmonov zimmasiga yuklansin.
Hokim R. USMANOV
Toshkent sh.,
2014-yil 14-yanvar,
48-son
