Paxtaobod tumanida 2014-yil uchun aholini ish bilan taʼminlash dasturi haqida (58-q-son)
08.02.2014
Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-moddasiga asosan Paxtaobod tumani boʻyicha aholini bandlik darajasini oshirish, ishsizlikni oldini olish, yangi ish joylarini barpo etish maqsadida qaror qilaman:
1. Paxtaobod tumanida 2014-yil uchun aholini ish bilan taʼminlash dasturi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi.
2. Tumandagi barcha qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari hamda korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga mazkur dasturda belgilangan tadbirlarni bajarilishini taʼminlash topshirilsin.
3. Tuman hokimining oʻrinbosari (F. Xojimatov), tuman bosh arxitektori (T. Musayev), tuman statistika boʻlimi (T. Muxtarov), tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (X. Axmadjonov)lar bilan birgalikda dasturga kiritilgan yangi qurilishlarni oʻz muddatida foydalanishga topshirish yuzasidan nazorat oʻrnatsinlar.
4. Tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (X. Axmadjonov)ga aholini ishsiz qismini ish bilan taʼminlash, ijtimoiy himoyaga olish, qayta oʻqitish, jamoat ishlariga jalb qilish, xalq hunarmandchiligini rivojlantirish, yangi ish joylariga ishsiz fuqarolarni jalb qilish borasida dasturda belgilangan rejani bajarilishini taʼminlash topshirilsin.
5. Tuman “Davr sadosi” gazetasi muharririyati (Z. Kimsanova)ga mazkur qaror bilan tasdiqlangan Dasturda belgilangan tadbirlarni ijrosini gazeta sahifalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
6. Ushbu qaror matbuotda eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kirishi belgilab qoʻyilsin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari F. Xojimatov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim J. XODJIYEV
Paxtaobod t.,
2014-yil 8-fevral,
58-q-son
