Mirzo Ulugʻbek tumanida 2014-yilda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida (22-son)
09.01.2014
Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda; 1999-y., 1-son, 89-modda; 9-son, 229-modda; 2000-y, 5-6-son, 153-modda; 2001-y., 5-son, 89-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun xujjatlari toʻplami, 2006-y., 25-26-son, 225-modda; 2009-y., 52-son, 553-modda) 17-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil kilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 7-son, 40-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun xujjatlari toʻplami, 2002-y., 5-6-son, 46-modda) 353-son qarori ijrosini taʼminlash, ish qidirayotgan shaxs sifatida tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muxofaza qilish markazida roʻyxatga olingan fuqarolarga ularni vaqtincha ish haqi olish va ish qidirayotgan davrida ularni moddiy jixatdan qoʻllab-quvvatlash, markaz tomonidan “ishsiz” deb eʼtirof etilgan fuqarolarni vaqtincha ish bilan taʼminlash uchun shart-sharoitlarni yaratish, birinchi martta ish qidirayotgan va kasbi boʻlmagan shaxslarni mehnat faoliyatiga jalb qilish maqsadida hamda tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muxofaza qilish boʻlimining murojaatiga asosan qaror qilaman:
1. Mirzo Ulugʻbek tumanida 2014-yil uchun haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etuvchi korxona va tashkilotlar roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
2. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etuvchi korxona, tashkilotlar rahbarlariga:
ilovada qayd etilgan haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish taʼminlansin;
jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlarining mahalliy davlat hokimiyati organlariga qarashli korxona va tashkilotlar boʻyicha 50 foizi ish beruvchilar mablagʻlari va 50 foizi mahalliy budjet ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan;
boshqa korxona va tashkilotlar boʻyicha 75 foizi ish beruvchilar mablagʻlari xisobidan 25 foizi ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan amalga oshirilsin;
Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muxofaza qilish markazi yoʻllanmasi boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan fuqarolarni jamoat ishiga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot 3 kunlik muddatda markazga yozma ravishda xabar qilinsin.
3. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muxofaza qilish markazi (N.P. Norboyev):
korxona va tashkilotlar rahbarlari tomonidan mazkur qarorning toʻliq bajarilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatilsin;
haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan va ish bilan taʼminlangan fuqarolar belgilangan tartibda hisobga olinsin.
4. Mirzo Ulugʻbek tuman hokimining 2013-yil 2-oktabrdagi “Mirzo Ulugʻbek tumanida haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 613-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Dosmuxammedov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Sh. AXMEDOV
Toshkent sh.,
2014-yil 9-yanvar,
22-son
Tuman hokimining 2014-yil 9-yanvardagi 22-sonli qaroriga ILOVA
Mirzo Ulugʻbek tumanida 2014-yil uchun xaq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etuvchi korxona va tashkilotlar roʻyxati
