Yakkasaroy tumanida 2014-yilda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida (33-son)
27.01.2014
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani xokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvardagi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi qonunining 17 moddasiga, (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1998-yil № 5-6, 97-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 353-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-yil № 7, 40-modda) ijrosini taʼminlash, ish qidirayotgan shaxs sifatida tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida roʻyxatga olingan fuqarolarga ularning vaqtincha ish haqi olishi va ish qidirayotgan davrida ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, markaz tomonidan “ishsiz” deb eʼtirof etilgan fuqarolarni vaqtincha ish bilan taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish, birinchi marta ish qidirayotgan va kasbi boʻlmagan shaxslarni mehnat faoliyatiga jalb qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Yakkasaroy tumanida 2014-yil uchun haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etuvchi korxona va tashkilotlar roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
2. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etuvchi korxona, tashkilotlar rahbarlariga:
ilovada qayd etilgan haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish taʼminlansin;
jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlarining mahalliy davlat hokimiyati organlariga karashli korxona va tashkilotlar boʻyicha — 50 foizi ish beruvchilar mablagʻlari va 50 foizi mahalliy budjet va ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan;
boshqa korxona va tashkilotlar boʻyicha — 75 foizi ish beruvchilar mablagʻlari hisobidan — 25 foizi ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan amalga oshirilsin;
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi yoʻllanmasi boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan fuqarolarni jamoat ishiga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot 3 kun muddatda markazga yozma ravishda xabar qilinsin.
3. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (Sh. Muxammedov):
korxona va tashkilotlar rahbarlari tomonidan mazkur qarorning toʻliq bajarilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin;
haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan va ish bilan taʼminlangan fuqarolar belgilangan tartibda hisobga olinsin.
4. Yakkasaroy tumani hokimining 2013-yil 19-iyuldagi “Yakkasaroy tumanida 2013-yilda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 291-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari R. Mavlanov zimmasiga yuklansin.
Hokim B. GAIBNAZAROV
Toshkent sh.,
2014-yil 27-yanvar,
33-son
Tuman hokimining 2014-yil 27-yanvardagi 33-sonli qaroriga ILOVA
Yakkasaroy tumanida 2014-yil uchun haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etuvchi korxona va tashkilotlar roʻyxati
