Toshkent shahrining 2014-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida (1051-son)
28.12.2013
Toshkent shahar hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013-yil 12-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi SQ-399-II-son qarori xamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2099-sonli qarori, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda;) 25-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2099-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Toshkent shahrining 2014-yilgi mahalliy budjeti asosiy parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
Tumanlar va shahar mahalliy budjetlarining 2014-yil daromadlari va xarajatlari, shahar mahalliy budjetidan tuman mahalliy budjetlariga beriladigan daromadlarning hajmi 2-ilovaga* muvofiq;
Umumdavlat soliqlaridan tumanlar mahalliy budjetlariga ajratmalar meʼyori 3-ilovaga* muvofiq;
Tumanlar va shahar. mahalliy budjetlarining 2014-yil uchun naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin
1 — 4-ilovalar berilmaydi.
3. Toshkent shahar Moliya bosh boshqarmasiga oʻrnatilgan tartibda tegishli mahalliy budjetlarga mablagʻlar va budjet ssudalari (daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) ajratishda, ularning miqdorlarini hududlar boʻyicha barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq tushishidan, shuningdek ish haqi (yagona ijtimoiy toʻlov bilan), nafaqalar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha budjet xarajatlarini birinchi navbatda soʻzsiz moliyalashtirilishi zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish huquqi berilsin.
4. Moliya bosh boshqarmasi (N. Sabirov):
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bildirishnomasiga koʻra, budjetning daromad va xarajat qismiga oʻzgartirishlar kiritishiga ruxsat berilsin.
5. Mazkur qaror oʻrnatilgan tartibda xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi sessiyasi tasdigʻiga kiritilsin.
6. Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati (X. Ermatov), “Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalari tahririyati (A. Akramov):
Mazkur qaror rasman eʼlon qilinishini taʼminlasin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari F. Ziyayev zimmasiga yuklansin.
Hokim R. USMONOV
Toshkent sh.,
2013-yil 28-dekabr,
1051-son
