Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tirkamalarni 2014-yilda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (147-son)
20.02.2014
jizzax viloyati Doʻstlik tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 15-son, 197-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) muvofiq transport vositalarining 2014-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalari va ularga tirkamalar majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasining tarkibi 1-ilovaga, texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tumandagi barcha transport vositalari egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga transport vositalarini texnik pasporti bilan birgalikda, oʻz vaqtida reja jadval asosida koʻrikdan oʻtkazish majburiyati yuklatilsin.
4. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.
5. Ushbu qarorning 4-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarning texnik koʻrigi:
birinchi marta — 1-mart — 30-iyunda;
ikkinchi marta — 1-sentabr — 31-oktabrda oʻtkaziladi.
Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-mart — 30-iyunda;
Jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 20-fevraldan — 31-avgustga qadar oʻtkazilsin.
6. Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman komisssiyasi (Sh. Sodiqov)ga:
transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish;
transport vositalarining texnik holati va uskunalari yoʻl harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash vazifasi yuklatilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori 3-bandiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining ichki va soqchilik qoʻshinlari, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy boʻlinmalari transport vositalari koʻrsatib oʻtilgan idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi inobatga olinsin.
8. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq yigʻim undirilsin.
9. Tuman ichki ishlar boʻlimi (D. Qarshiyev) majburiy texnik koʻrik yakuni toʻgʻrisida tuman hokimligiga axborot taqdim etsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari I. Xoljigitov zimmasiga, ijrosini tashkil etish tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi D. Qarshiyev zimmasiga yuklatilsin.
11. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim Gʻ. SAYDIYEV
Doʻstlik sh.,
2014-yil 20-fevral,
147-son
Tuman hokimining 2014-yil 20-fevraldagi 147-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tuman hududida texnik koʻrik oʻtkazish boʻyicha Komissiya
TARKIBI
Tuman hokimining 2014-yil 20-fevraldagi 147-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tuman hududida 2014-yilda avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
№ Korxona va tashkilotlar nomi Texnik koʻrikdan oʻtkazish vakti 1 Neft unitar korxonasi 03.03.2014-y 2 Arnasoy nasos stansiyasi 05.03.2014-y 3 Qishloq xoʻjalik kimyo 10.03.2014-y 4 Tibbiyot kolleji 15.03.2014-y 5 Xalq taʼlim boʻlimi 20.03.2014-y 6 Doʻstlikdon mahsulotlari korxonasi 25.03.2014-y 7 “Oltin qadoq” XK 03.04.2014-y 8 “Jaxongir-Kamol” transavto korxonasi 10.04.2014-y 9 Suvoqova korxonasi 15.04.2014-y 10 Tuman tibbiyot birlashmasi 20.04.2014-y 11 Elektr tarmoqlari korxonasi 25.04.2014-y 12 “Vatanparvar” tashkiloti 29.04.2014-y 13 Doʻstlik TYXTFPK 31.04.2014-y 14 Moliya boʻlimi 02.05.2014-y 15 “Uch tom” irrigatsiya tizimi k?rxonasi 09.05.2014-y 16 Qishloq xoʻjalik kolleji 13.05.2014-y 17 Tuman hokimligi 20.05.2014-y 18 “Dil elchisi” uyushmasiga qarashli avtomabillar 25.05.2014-y 19 Obodonlashtirish boshqarmasi 30.05.2014-y 20 AgrotexservisMChJ 05.06.2014-y 21 A.Sarkisov SIU va uning fermer xoʻjaliklari 20.05.2014-y 22 K.Raximov SIU va uning fermer xoʻjaliklari 25.05.2014-y 23 Manas SIU va uning fermer xoʻjaliklari 28.05.2014-y 24 X.Isroilov SIU va uning fermer xoʻjaliklari 31.05.2014-y 25 Navbahor SIU va uning fermer xoʻjaliklari 03.06.2014-y 26 “Oq-yoʻl” kichik korxonasi 06.06.2014-y 27 Agrobank 10.06.2014-y 28 Nurli don MChJ 14.06.2014-y 29 Tuman gaz filiali 18.06.2014-y 30 Xalq banki 21.06.2014-y 31 Savdogar bank 25.06.2014-y 32 Nazar Murotzoda 28.06.2014-y 33 “Xoldor qorakoʻz” uyushmasiga qarashli avtomabillar 30.06.2014-y 34 “Karvon” MChJ 30.06.2014-y 35 “Jizzaxyoʻlqurilish” OTAJ 30.06.2014-y
