Ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun ish oʻrinlarini 2014-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (570-son)
30.09.2013
qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida” Qonunning 17-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonunning 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumanda 2014-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida qaror qilaman:
1. Tumanda band qilinishi kerak boʻlgan ish oʻrinlar sonini va ularga qoʻyiladigan talablarni belgilash boʻyicha komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida” Qonunning 17-moddasiga asosan ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslarning ishga joylashtirish uchun tumandagi korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va xoʻjaliklar uchun ishchilarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonining 106 odamni tashkil qiladigan 6,92 % miqdorida, shu jumladan:
a) nogironlar uchun 3,00% — 46 kishi, uy mehnatiga;
b) oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun 0,59 % — 9 kishi;
v) Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida roʻyxatda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 0,33 % — 5 kishi;
g) jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar qoʻllanilgan shaxslar uchun 0,65 % —10 kishi;
d) taʼlim muassasalarini tamomlagan yoshlar uchun 1,50% — 23 kishi;
e) muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 0,65 % — 10 kishi;
j) ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun 0,20% — 3 kishi miqdorida, shu hisobdan mobilizatsiyalik chaqiruv rezerviga kiritilgan shaxslar — 1 kishi, yosh bolali ishlamaydigan ayollar — 1 kishi, atrofdagilar uchun xavfli boʻlmagan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan kasallangan shaxslar uchun — 1 kishi miqdorida ish oʻrinlari zaxirasi belgilansin.
3. 2013-yilda ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslarning ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining 2014-yil uchun band etib qoʻyish lozim boʻlgan korxonalar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Korxona, tashkilot, muassasa va xoʻjaliklar boshliqlariga ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun 2013-yil tugashidan 10 kun oldin, kvota ish oʻrinlari jami miqdorining kamida 25 foizi, uchun 2014-yil 10-aprelidan kechiktirmasdan ish oʻrinlarining qolgan 75 foizini tashkil etish (ajratish yoki band etib quyish) haqidagi yaʼni har bir kvota toifasi boʻyicha ish oʻrinlari band etib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar koʻrsatilgan maʼlumotlarni va qaror boʻyicha chiqarilgan buyruq nusxalarini tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim qilish vazifalari yuklatilsin.
5. Korxona, tashkilot, muassasa va xoʻjaliklar boshliqlariga ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslar uchun ish oʻrinlarining koʻrsatib oʻtilgan miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq belgilangan muddatlarda va belgilangan tartibda yaratilishini (ajratilishi yoki band etib quyilishi) ushbu toifa-shaxslar uchun belgilangan ish oʻrinlarining xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarilishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi taʼminlansin.
6. Ushbu qaror bajarilishi taʼminlanmagan taqdirda korxona, tashkilot, muassasa, xoʻjaliklarning mansabdor shaxslariga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15 bandiga muvofiq jarima solinadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslar uchun band etib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkillashtirgan, tashkilotlar ushbu ish oʻrinlarini tashkillashtirish uchun sarflagan mablagʻlarning bir qismini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari hisobga olinsin.
8. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori (M. Matkarimov) ushbu qarorni tegishli korxona, muassasa, tashkilot va xoʻjaliklar boshliqlariga yetkazilsin va bajarilishini nazorat qilish uning zimmasiga yuklatilsin.
9. Amudaryo tuman hokimining 2012-yil 28-sentabrdagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun 2013-yilgi ish joylarining eng kam miqdorini belgilash toʻgʻrisida”gi 524 sonli qarori 2013-yil 31-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash va nazorat qilish hokim oʻrinbosari K. Aytbayev zimmasiga yuklatilsin.
11. Ushbu qaror tuman “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasida rasmiy turda eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi
Hokim R. YULDAShEV
Mangʻit sh.,
2013-yil 30-sentabr,
570-son
Tuman hokimining 2013-yil 30-sentabrdagi 570-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumanda ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilinishi kerak boʻlgan ish oʻrinlari sonini va ularga qoʻyiladigan talablarni belgilash boʻyicha
Komissiya tarkibi
Tuman hokimining 2013-yil 30-sentabrdagi 570-sonli qaroriga 2-ILOVA
Amudaryo tumani hududidagi korxona, tashkilotlar va xoʻjaliklarda 2014-yilda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha ish oʻrnining eng kam miqdori
№ Korxona, tashkilot, xoʻjalik nomi Ishlovchi soni Belgilangan kvota ish oʻrni Shundan nogironlar Koʻp bolali ota-onalar Pensiya yoshiga yaqinlashganlar Jazo muddatini oʻtaganlar Oʻquv yurtlarini bitirganlar Qurolli kuchlardan boʻshatilganlar Boshqa toifalar 1 “Amudaryodavsuvmaxsuspudrat” Davlat unitar korxonasi 42 3 1 1 1 2 “Tuman gaz” mangit filiali 71 5 2 1 2 3 Amudaryo TYXPTFK 86 6 2 1 2 1 4 “Yulduz” x.j. 219 15 7 1 1 1 4 1 5 Amudaryo KMIChSh 2shk 43 3 1 2 6 “Otajon kamol” f.x. 42 3 1 1 1 7 “Dilshod Muxayo” f.x. 42 3 1 1 1 8 “Xudoyor xoji” f.x. 43 3 1 1 1 9 “Jumaniyazov Qurbonboy” f.x. 43 3 1 1 1 10 “Yashnarbek Oʻrazbayev” f.x. 30 2 1 1 11 “Ayjanov” f.x. 31 2 1 1 12 “Eshchanov Shukurlla” f.x. 28 2 1 1 13 “Saparimbat sari” f.x. 29 2 1 1 14 “Muzaffar Eshchanov” f.x. 30 2 1 1 15 “Yuldashbobo” f.x. 30 2 1 1 16 “Kazibuva” f.x. 30 2 1 1 17 “Tajimuratov Zaripboy” f.x. 30 2 1 1 18 “Kavshak” f.x. 29 2 1 1 19 “Kamoliddin Bekniyaz” f.x. 30 2 1 1 20 “Yerlapas Ollom” f.x. 40 3 1 1 1 21 “Ravshanbek Allaniyaz” f.x. 42 3 1 1 1 22 “Atajanov Oʻrazboy” f.x. 41 3 1 1 1 23 “Qangli” MMTP 20 1 1 I ! 24 “Oʻtamuratov Oʻrazimbat” f.x. 30 2 1 1 25 “Jumaboy Matyakubov” f.x. 41 3 1 1 1 26 “Fayz ul xamro” f.x. 43 3 1 1 1 27 “Xaytimbetov Sulton” f.x. 42 3 1 1 1 28 “Chaykul” f.x. 43 3 1 1 1 29 “Qipchoq” XXB 20 1 1 30 “Ruslan Maqsudov” f.x. 56 4 2 1 1 31 “Rim shayx” f.x. 42 3 2 1 32 “Bobojanov Davronbek” f.x. 30 2 1 1 33 “Azot agʻa” f.x. 43 3 1 1 1 34 “Qadamboy Poʻlat” f.x. 42 3 2 1 jami 1532 106 46 9 5 10 23 10 3
