Soʻx tumanida aholining shaxsiy va dala tomorqalaridan samarali foydalanish, ularga talab etiladigan moddiy texnik resurslarni yetkazib berish va ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida (264-son)
30.12.2013
Fargʻona viloyati Soʻx tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-noyabrdagi “2014-yil hosili uchun puxta zamin yaratish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishni yanada kuchaytirish, belgilangan ustuvor yoʻnalishlarni amalga oshirishni tizimli tashkil etishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisisda”gi 1-03-15-37-sonli bayonining III-ustuvor yoʻnalishi — Aholining shaxsiy va dala tomorqalaridan samarali foydalanish, ularga talab etiladigan moddiy texnik resurslarni yetkazib berish va ishlarni tizimli tashkil etish toʻgʻrisidagi topshiriqlar ijrosini taʼminlash, tumanda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni kupaytirish hisobiga aholini yil davomida sifatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash, aholining shaxsiy va dala tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish, kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlash va viloyat hokimining 2013-yil 5-dekabrdagi 252-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-noyabrdagi “2014-yil hosili uchun puxta zamin yaratish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishni yanada koʻpaytirish, belgilangan ustuvor yoʻnalishlarni amalga oshirishni tizimli tashkil etishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1-03-15-37-sonli bayoni hamda mazkur yigʻilish bayoni ijrosini taʼminlash toʻgʻrisidagi viloyat hokimining 2013-yil 5-dekabrdagi 252-sonli qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Aholi shaxsiy va dala tomorqalaridan samarali foydalanish, ularga talab etiladigan moddiy-texnik resurslarni yetkazib berish va tizimli ishlarni tashkil etish boʻyicha tuman ishchi guruhi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq;
aholi shaxsiy va dala tomorqalaridan samarali foydalanish, ularga talab etiladigan moddiy-texnik resurslarni yetkazib berish tizimi va masʼullarning vazifalari 2-ilovaga* muvofiq;
aholi shaxsiy va dala tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish sxemasi 3-ilovaga* muvofiq;
aholining shaxsiy va dala tomorqalaridan samarali foydalanish, ularga talab etiladigan moddiy texnik resurslarni yetkazib berishni tashkil etish boʻyicha ishlab chiqilgan dasturi 4-ilovaga* muvofiq;
tuman tashkilotlaridan biriktirilgan vakillarning har bir hududlardagi xonadonlarni oʻrganish grafigi 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1—5-ilovalar berilmaydi.
3. Tuman Ishchi guruhiga:
2 kun muddatda aholi shaxsiy tomorqalari, ayniqsa kam taʼminlangan oilalardagi jami, yerlar, shundan ekin ekiladigan, yangi mevali, tok koʻchatlari ekiladigan va issiqxonalar quriladigan joylarni aniqlab, ekiladigan ekin va koʻchatlarni joylashtirish va har bir kam taʼminlangan xonadonga masʼullarni biriktirgan holda ularga talab etiladigan moddiy-texnika resurslarini oʻz vaqtida yetkazib berish va sifatli xizmat koʻrsatish tizimi boʻyicha aniq hisob-kitoblarni qilgan holda manzilli chora-tadbirlar Dasturini ishlab chiqish;
bir hafta muddatda tegishli tashkilotlarni jalb qilgan holda mahallalarda har bir xonadon kesimida boʻsh turgan yer maydonlarida ekin turlarini joylashtirish, chorva-parrandalar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzida aks ettirgan “Xonadon pasportlari”ni hamda xonadonlarda “Hisob-kitob yuritish daftarlari” namunaviy shaklini ishlab chiqib, oʻrnatilgan tartibda joriy etish;
tomorqaga talab etiladigan, mineral oʻgʻit, yoqilgʻi-moylash materiallari, koʻchat va urugʻ, zararkunandalarga qarshi kurash boʻyicha preparatlar talabini aniqlab, zarur boʻlgan hollarda oʻz muddatida kredit ajratish va yetkazib berish choralarini koʻrish;
bir hafta muddatda tomorqa yerlari uchun aholiga mayda qadoqlangan mineral oʻgʻitlarni yetkazib berish boʻyicha yillik grafigini ishlab chiqib, tasdiqlash va uning bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrish;
mahallalar kesimida boquvchisini yoʻqotgan va kam taʼminlangan oilalar roʻyxatini shakllantirgan holda har bir oila uchun bepul ravishda 50 bosh parranda tarqatish choralarini koʻrish;
tuman miqyosida qabul qilingan dastur ijrosi yuzasidan mazkur qarorning 3-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan tizim asosida ishlarni tashkil etish va ijrosi yuzasidan nazorat oʻrnatgan holda tuman Ishchi guruhiga tahliliy maʼlumotlar taqdim etib borish vazifasi yuklatilsin.
4. “Agrobank” OATB tuman boʻlimi, “Qishloqxoʻjalikkimyo” XAB tuman boʻlimi hamda tuman ishchi guruhi bilan birgalikda aholi tomorqalari uchun talab qilinadigan urugʻlik, mevali koʻchat, mineral oʻgʻit, ish anjomlari va boshqa moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish maqsadida har bir mahallalarda maxsus koʻchma va doimiy faoliyat koʻrsatuvchi ixtisoslashgan doʻkonlarni 2014-yilning 1-fevraliga qadar tashkil etib, ularning faoliyat yuritishini hamda sifatli xizmat koʻrsatish tizimini tashkil etish choralarini koʻrsin.
5. Tuman neft baza unitar korxonasi, “Qishloqxoʻjalikkimyo” shuʼba korxonasi, tuman Oʻsimliklarni himoya qilish boʻlimi 1 oy muddatda tomorqalarda mahsulot yetishtirish uchun zarur boʻlgan yoqilgʻi-moylash mahsulotlari va mineral oʻgʻitlarni yetkazib berish boʻyicha tashkil etilgan shoxobchalarda mahsulot yetkazib berish va xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish hamda ekinlarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish boʻyicha xizmat koʻrsatish yillik reja-jadvalini ishlab chiqib, tizimli ravishda ishlashni joriy etsin.
6. Tuman “Agrobank” OATB boʻlimi aholi shaxsiy va dala tomorqalarida, ayniqsa kam taʼminlangan xonadonlar boʻyicha, urugʻ, koʻchat va zarur boʻlgan anjomlar sotib olish va parvarishlash uchun zarur boʻlgan kredit mablagʻlarini oʻz vaqtida ajratishni taʼminlasin.
7. Tuman Ishchi guruhi, tuman Yer resurslari va Davlat kadastri boʻlimi va tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimiga:
bir oy muddatda joylarda mavjud dala tomorqa yerlaridan foydalanishning holatini oʻrganib chiqib, almashlab ekishni joriy etish maqsadida dala tomorqa yerlarini almashtirish, samarasiz va noqonuniy foydalanilayotgan yerlarni qonun hujjatlari asosida qaytarib olish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni belgilasin.
8. Tuman suv xoʻjaligi boʻlimiga:
bir oy muddatda vegetatsiya davrida aholi tomorqalariga sugʻorish suvini talab darajasida yetkazib berish, mahallalardagi ariqlarni hashar yoʻli bilan tozalash, tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
9. Tuman hokimining oʻrinbosari, xotin-qizlar Qoʻmitasi raisi (O. Tuxtaboyeva) ommaviy axborot vositalari orqali tomorqa yerlaridan samarali foydalanayotgan, ilgʻor tajribaga ega boʻlgan namunali xonadonlarni hamda tomorqa yer maydonidan samarasiz foydalanayotgan xonadonlarni keng yoritib boruvchi maxsus koʻrsatuv va ruknlarni tashkil etsin.
10. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Hokim T. RAHIMOV
Rovon sh.,
2013-yil 30-dekabr,
264-son
