Tumandagi barcha korxona, tashkilot, fermer xoʻjaliklari va jismoniy shaxslarga tegishli qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni 2014-yilda texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (138-son)
04.03.2014
Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 345-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 559-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” (roʻyxat raqami 2452, 2013-yil 25-aprel), (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 229-modda) ijrosini taʼminlash hamda tumanda 2014-yilda qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan qishlok xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 1-ilovaga;
texnik koʻrikdan oʻtkazish ish rejasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va belgilangan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2-ilova berilmaydi.
2. Yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligi texnikalari yilda bir marta texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqi miqdorida:
traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalarga — 0,18 foiz;
qishloq xoʻjaligi mashinalariga — 0,10 foiz;
mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalariga — 0,37 foiz miqdorda yigʻimlar undirilsin.
3. Texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha komissiya raisi (D. Nazarov)ga:
texnikaga mulk huquqi asosida ega shaxslar (mulkdor)ga texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi bildirishnomani yuborish;
texnik koʻrikdan oʻtmagan yoki texnik koʻrikka taqdim etilmagan texnikalar yuzasidan mulkdorga yozma koʻrsatma berish;
mulkdor koʻrsatmada belgilangan muddatda texnikani qayta texnik koʻrikdan oʻtkazmagan taqdirda hamda qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalardan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, saqlash, hisobdan chiqarish, taʼmirlash, texnika xizmatlari koʻrsatish holatlari haqidagi maʼlumotlarni tuman hokimligiga taqdim etish vazifalari topshirilsin.
4. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi B. Xidirov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim M. BOBOBEKOV
Gagarin sh.,
2014-yil 4-mart,
138-son
Tuman hokimining 2014-yil 4-martdagi 138-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan qishlok xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi
TARKIBI
