Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (125-son)
16.05.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat boji stavkalarini maqbullashtirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga sudlarda oʻz huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalari 2-bandining “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 16-may,
125-son
