“Qish-bahor mavsumiga asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror (564-son)
27.12.2013
Fargʻona viloyati Furqat tumani hokimining
Qarori
Tumanda 2013-2014-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish ishlarini tizimli tashkil qilish hisobiga aholi ehtiyojini va ichki isteʼmol bozorida narx-navolarning barqarorligini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. 2013-2014-yil qish-bahor oylarida tuman ichki isteʼmol bozorini asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan kafolatli toʻldirish hisobiga oziq-ovqat xavfsizligi hamda narxlar barqarorligini taʼminlash, shuningdek zaxira tadbirlarini tizimli va samarali tashkillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman ishchi guruhi 1-ilovaga*;
2013-2014-yil qish-bahor oylari uchun zaxiraga jamgʻariladigan asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining tashkilotlar, muassasalar, fermer xoʻjaliklari va boshqa korxonalar kesimidagi hajmlari 2—7 ilovalarga*;
2013-2014-yil qish-bahor oylari uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining zaxiraga qoʻyish tarmoq jadvali 8-ilovaga*;
tumandagi ijtimoiy soha muassasalarida 2013-2014-yil qish-bahor oylari uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxira omborlariga jamgʻarilishi yuzasidan taqdim etilgan maʼlumotlar va hisobotlarni xaqqoniyligini joylarda oʻrganish boʻyicha nazorat guruhi 9-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1—9-ilovalar berilmaydi.
3. Tuman ishchi guruhi (M. Joʻraboyev)ga:
5 kun muddatda, zaxiraga jamgʻariladigan mahsulotlar hajmlaridan kelib chiqqan holda, ularni qish-bahor oylarida sifatli saqlanishini taʼminlash maqsadida, mahsulotlarni joylashtiradigan omborlar va sovutgichli sigʻimlarning manzilli roʻyxatini aniqlab, tayyor holga keltirish ishlarini tashkil qilish;
zaxira tadbirlariga jalb qilingan tayyorlovchi savdo tashkilotlari, yirik korxona va tashkilotlar, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi, kasb-hunar kollejlari, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi muassasalari bilan mahsulot yetishtiruvchi dehqon va fermer xoʻjaliklari hamda tomorqa egalari bilan shartnomalar tuzilishini hamda boʻnak mablagʻlari ajratilishini taʼminlash;
tuzilgan shartnomalar asosida, tayyorlovchi savdo tashkilotlarning moliyaviy imkoniyatlarini tahlil qilib, ularni bank kreditlari va naqd pul mablagʻlariga boʻlgan ehtiyojini banklar kesimida aniqlab, buyurtmalar taklifini tayyorlash;
zaxira tadbirlariga jalb qilingan sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi, kasb- hunar kollejlari, tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi muassasalariga 2013-yilning dekabr oyi va 2014-yilning yanvar — may oylarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish maqsadlari uchun sarf-xarajatlar smetasiga kiritilgan mablagʻlarni joylardagi moliya organlari tomonidan ajratilishini taʼminlash choralarini koʻrish;
yirik korxonalar va tashkilotlar tomonidan qish va bahor oylarida ishchi-xodimlari sonidan kelib chiqqan holda, asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxira omborlariga qoʻyilishini nazorat qilish vazifalari yuklatilsin.
4. Tuman “Dehqon bozori” MChJ (X. Irgashev) va aloqador tashkilot, muassasalar rahbarlariga zaxira hajmlaridan kelib chiqib, kredit resurslariga va naqd pul mablagʻlariga boʻlgan talabni tijorat banklariga bir hafta muddatda taqdim etsin.
5. Tumandagi tijorat banklari rahbarlariga:
tuzilgan shartnomalar asosida, tayyorlovchi savdo tashkilotlarining moliyaviy imkoniyatlarini tahlil qilib, ularni bank kreditlari va naqd pul mablagʻlariga boʻlgan talabini banklar kesimida aniqlash;
zaxira tadbirlariga jalb qilingan tayyorlovchi korxona va tashkilotlarga asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarni zaxiraga gʻamlash uchun zarur boʻlgan kredit resurslari va naqd pulni taqdim qilingan buyurtmalarga asosan moliyalashtirish va har haftada tuman hokimligiga maʼlumot taqdim etib borish vazifasi yuklatilsin.
6. Tuman Moliya boʻlimi (A. Yuldashev)ga:
zaxira tadbirlariga jalb qilingan sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi muassasalarida 2013-yilning dekabr oyi va 2014-yilning yanvar — may oylarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish maqsadlari uchun sarf-xarajatlar smetasiga kiritilgan mablagʻlarni moliya organi tomonidan ajratilishini taʼminlash choralarini koʻrish;
2013-2014-yil qish va bahor oylari uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini jamgʻarish tadbirlariga jalb qilingan ijtimoiy muassasalarini moliya boʻlimi tomonidan moliyalashtirish masalasini nazoratga olish va har hafta yakuni bilan moliyalashtirishning borishi toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotlarni tuman hokimligiga taqdim etib borish yuklatilsin.
7. Tuman Dehqon bozori (X. Irgashev) tuman hokimligi bilan birgalikda 2013-2014-yil qish-bahor mavsumida tuman aholisi ehtiyojini qondirish maqsadida asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini bozorlarda, savdo doʻkonlarida uzluksiz va barqaror narxlarda sotilishi yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqsin.
8. Tuman Moliya boʻlimi (A. Yuldashev), Gʻaznachilik boʻlimi (M. Taniberdiyev), Xalq taʼlimi boʻlimi (I. Xakimov), Tibbiyot birlashmasi (O. Saydaxmedov), maktab, maktabgacha taʼlim muassasalari, shifoxonalar qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini arzon narxlarda zaxiraga gʻamlash masalalarida shaxsan masʼul va javobgar ekanliklari toʻgʻrisida “ogohlantirilsin”.
9. Tuman Iqtisodiyot boʻlimi (A. Sobirov)ga:
2013-2014-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash boʻyicha haftalik monitoring joriy etish;
har haftada qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash (zakladka) topshirigʻini ijtimoiy soha muassasalari kesimida bajarilishi toʻgʻrisidagi, dekabr oyidan boshlab 2014-yilning iyun oyigacha tarmoq jadvali ishlab chiqqan holda savdoga chiqarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har 10 kunda Iqtisodiyot bosh boshqarmasiga hamda viloyat hokimligiga taqdim etish vazifasi yuklatilsin.
10. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2013-yil 5-sentabr kungi 405-sonli qarori bekor qilinsin..
11. Tuman hokimining ushbu qarori rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
12. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari M. Joʻraboyev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim N. NAZIROV
Navbahor sh.,
2013-yil 27-dekabr,
564-son
