Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (121-son)
13.05.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2013-yil 26-dekabrdagi PF-4589-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 9-son, 75-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 13-may,
121-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-maydagi 121-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (1-ilova):
8-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi ariza qonun hujjatlariga muvofiq pensiya olish huquqiga ega boʻlgan shaxs tomonidan uning yashash joyidagi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga beriladi”;
38-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
47-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“47. Diniy tashkilotlarning band boʻlgan shaxsi, shu jumladan mehnat shartnomasi va/yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha ishlovchi shaxslarning ish stajiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash sharti bilan ularning ish davri qoʻshib hisoblanadi”;
48-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“48. Chet elda ishlash davrlari ish stajiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga belgilangan sugʻurta badallari toʻlangan boʻlsa qoʻshib hisoblanadi”;
65-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“I guruh nogironiga yoki 80 yoshga toʻlgan keksalarga qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomalarini rasmiylashtirishning davriyligi har 12 oyga belgilanadi. Qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomalari I guruh nogironi yoki 80 yoshga toʻlgan keksalarning pensiya ishiga tikib qoʻyiladi va qarab turgan shaxsga pensiya tayinlashda ish stajiga kiritish uchun asos hisoblanadi”;
66-bandda:
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Koʻrsatib oʻtilgan hollarda bolani parvarishlash taʼtili boshlangan sana sifatida homiladorlik va tugʻish taʼtili tugagan sana qabul qilinadi”;
sakkizinchi xatboshiga “biroq” soʻzidan keyin “ushbu Nizomning 35-bandi “j” kichik bandiga muvofiq” soʻzlari qoʻshilsin;
70-banddagi “faqat” soʻzi chiqarib tashlansin;
86-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxs tomonidan pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan arizada ushbu bandning birinchi xatboshi talablaridan kelib chiqqan holda u tanlagan besh yillik davr koʻrsatiladi”;
115-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Pensiya Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga murojaat qilingan kundan boshlab hisoblab chiqiladi va toʻlanadi”;
122-bandning ikkinchi xatboshiga quyidagi mazmundagi jumla qoʻshilsin:
“Ushbu holatda pensiya boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasidan ulush ajratib berish toʻgʻrisida murojaat qilingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab tayinlanadi”;
159-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2014-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha ishlaydigan va qonun hujjatlari bilan belgilangan yoshga doir pensiyalarning minimal miqdoridan past daromad (gonorar, taqdirlash puli va boshqalar) oladigan pensionerlarga pensiya toʻliq miqdorda toʻlanadi”;
160-bandning birinchi xatboshiga quyidagi mazmundagi jumla qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ushbu hujjat rasmiylashtirilgan davlatning vakolatli davlat organi tomonidan apostil qoʻyilishi lozim, bundan Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar konvensiyasining (Minsk shahri, 1993-yil 22-yanvar) ishtirokchi davlatlari — Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar mustasno”;
169-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bunda qarzdorlik summasining murojaat etilgan sanadagi pensiyaning oʻn ikki barobarigacha boʻlgan qismi biryoʻla, qolgan qismi esa — oylik pensiya summasidan ortiq boʻlmagan teng ulushlarda toʻlanadi”;
172-bandda:
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Pensiyani toʻlash pensioner yoki uning vasiysi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga kelgandan soʻng va u ariza taqdim etgandan, shuningdek shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatgandan soʻng tiklanadi”;
sakkizinchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
173-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Agar nogiron tayinlangan muddatda qayta tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun TMEKga uzrli sabablarsiz (nogironlik muddati tugagan kundan bir oy muddat mobaynida) kelmasa, unga pensiya toʻlash toʻxtatib turiladi, u yana nogiron deb eʼtirof etilgan taqdirda toʻxtatib turilgan kundan boshlab tiklanadi. Qolgan holatlarda pensiya murojaat qilingan sanadan boshlab toʻlanadi”;
177-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga doimiy yashash uchun ketayotgan fuqarolarga pensiyani toʻlash uning arizasi va “Doimiy yashash joyidan roʻyxatdan chiqarildi” degan belgi boʻlgan shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida toʻxtatilishi mumkin”;
197-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Pensionerning davlat oldida u tomonidan sodir etilgan suiisteʼmolliklar (ataylab notoʻgʻri maʼlumotlar mavjud boʻlgan hujjatlar taqdim etilishi, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlangan oila aʼzolari tarkibidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etilmasligi) natijasida pensiyalar summasining ortiqcha toʻlanishi boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlganda pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildi yetkazilgan zarar toʻliq qoplangandan soʻng beriladi”;
Nizomga 12-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Izoh: agar ish haqini hisoblash daftarlariga tuzatishlar kiritilgan hollar mavjud boʻlsa, u holda ushbu tuzatishlar koʻrsatilishi kerak”.
2. Pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqini ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarini qoʻllagan holda qayta hisoblab chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (2-ilova) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqini ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarini qoʻllagan holda qayta hisoblab chiqishga misol
1. Erkak kishi 2011-yil 12-aprelda 60 yoshga toʻlgach pensiya tayinlash uchun murojaat qildi va uning oxirgi oʻn yil mobaynida mehnat faoliyatining 5 yillik davri uchun 2006-yil may — 2011-yil aprel oylari tanlandi.
2. Pensiya tayinlanishidan oldingi 12 oy uchun oʻrtacha eng kam oylik ish haqi miqdorini aniqlaymiz.
Oʻrtacha eng kam oylik ish haqi miqdori = (37680 soʻm (2010-yil aprel — iyuldagi eng kam oylik ish haqi miqdori) * 4 + 45215 soʻm (2010-yil avgust — noyabrdagi eng kam oylik ish haqi miqdori) * 4 + 49735 soʻm (2010-yil dekabr — 2011-yil martdagi eng kam oylik ish haqi miqdori) * 4) / 12 = 44210,0 soʻm.
3. Ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida (maʼlumotnoma boʻyicha) ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarini va har bir oy uchun hisoblab chiqilgan ish haqini aniqlaymiz:
Davrlar Eng kam oylik ish haqi miqdori Pensiyalarni hisoblash uchun qoʻllaniladigan ish haqi Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyenti Oʻrtacha eng kam oylik ish haqi miqdori Qayta hisoblab chiqilgan ish haqi 1 2 3 4 (3/2) 5 6 (4*5) 2006-yil May 9 400 72 000 7,6596 44 210,0 338 630,92 Iyun 9 400 123 400 13,1277 44 210,0 580 375,62 Iyul 10 800 82 800 7,6667 44 210,0 338 944,81 Avgust 10 800 82 800 7,6667 44 210,0 338 944,81 Sentyabr 10 800 82 800 7,6667 44 210,0 338 944,81 Oktyabr 10 800 82 800 7,6667 44 210,0 338 944,81 Noyabr 12 420 95 220 7,6667 44 210,0 338 944,81 Dekabr 12 420 95 220 7,6667 44 210,0 338 944,81 Jami: 2 952 675,40 2007-yil Yanvar 12 420 95 220,00 7,6667 44 210,0 338 944,81 Fevral 12 420 95 220,00 7,6667 44 210,0 338 944,81 Mart 12 420 95 220,00 7,6667 44 210,0 338 944,81 Aprel 12 420 95 220,00 7,6667 44 210,0 338 944,81 May 12 420 125 500,00 10,1047 44 210,0 446 728,79 Iyun 12 420 145 600,00 11,7230 44 210,0 518 273,83 Iyul 12 420 95 220,00 7,6667 44 210,0 338 944,81 Avgust 15 525 119 025,00 7,6667 44 210,0 338 944,81 Sentyabr 15 525 119 025,00 7,6667 44 210,0 338 944,81 Oktyabr 15 525 119 025,00 7,6667 44 210,0 338 944,81 Noyabr 17 077,50 130 930,00 7,6668 44 210,0 338 944,81 Dekabr 18 630 144 025,00 7,7308 44 210,0 338 944,81 Jami: 4 354 450,72 2008-yil Yanvar 18 630 144 025 7,7308 44 210,0 341 778,67 Fevral 18 630 144 025 7,7308 44 210,0 341 778,67 Mart 18 630 144 025 7,7308 44 210,0 341 778,67 Aprel 20 865 161 308 7,7310 44 210,0 341 787,51 May 20 865 185 425 8,8869 44 210,0 392 889,85 Iyun 20 865 224 560 10,7625 44 210,0 475 810,13 Iyul 20 865 161 308 7,7310 44 210,0 341 787,51 Avgust 20 865 161 308 7,7310 44 210,0 341 787,51 Sentyabr 25 040 194 500 7,7676 44 210,0 343 405,60 Oktyabr 25 040 194 500 7,7676 44 210,0 343 405,60 Noyabr 26 540 208 400 7,8523 44 210,0 347 150,18 Dekabr 28 040 208 400 7,4322 44 210,0 328 577,56 Jami: 4 281 937,45 2009-yil Yanvar 28 040 208 400 7,4322 44 210,0 328 577,56 Fevral 28 040 208 400 7,4322 44 210,0 328 577,56 Mart 28 040 208 400 7,4322 44 210,0 328 577,56 Aprel 28 040 208 400 7,4322 44 210,0 328 577,56 May 28 040 245 600 8,7589 44 210,0 387 230,97 Iyun 28 040 297 852 10,6224 44 210,0 469 616,30 Iyul 28 040 208 400 7,4322 44 210,0 328 577,56 Avgust 33 645 251 500 7,4751 44 210,0 330 474,17 Sentyabr 33 645 251 500 7,4751 44 210,0 330 474,17 Oktyabr 33 645 251 500 7,4751 44 210,0 330 474,17 Noyabr 33 645 251 500 7,4751 44 210,0 330 474,17 Dekabr 37 680 282 400 7,4947 44 210,0 331 340,69 Jami: 4 152 972,45 2010-yil Yanvar 37 680 282 400 7,4947 44 210,0 331 340,69 Fevral 37 680 282 400 7,4947 44 210,0 331 340,69 Mart 37 680 282 400 7,4947 44 210,0 331 340,69 Aprel 37 680 282 400 7,4947 44 210,0 331 340,69 May 37 680 312 500 8,2935 44 210,0 366 655,64 Iyun 37 680 365 800 9,7081 44 210,0 429 195,10 Iyul 37 680 282 400 7,4947 44 210,0 331 340,69 Avgust 45 215 325 456 7,1980 44 210,0 318 223,58 Sentyabr 45 215 325 456 7,1980 44 210,0 318 223,58 Oktyabr 45 215 325 456 7,1980 44 210,0 318 223,58 Noyabr 45 215 325 456 7,1980 44 210,0 318 223,58 Dekabr 49 735 375 256 7,5451 44 210,0 333 568,87 Jami: 4 059 017,36 2011-yil Yanvar 49 735 375 256 7,5451 44 210,0 333 568,87 Fevral 49 735 375 256 7,5451 44 210,0 333 568,87 Mart 49 735 375 256 7,5451 44 210,0 333 568,87 Aprel 49 735 375 256 7,5451 44 210,0 333 568,87 Jami: 1 334 275,48 Hammasi: 21 135 328,86
4. Pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqini hisoblab chiqamiz:
Pensiyani hisoblash uchun oʻrtacha oylik ish haqi = 21 135 328,86 soʻm/60 = 352 255,48 soʻm”.
