Jizzax viloyatidagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2013-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari haqida (172-son)
02.08.2013
Jizzax viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 102-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami 2009-y., 4-son, 26-modda) ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi, Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari bilan kelishilgan 2012-yil 10-dekabrdagi 01/14-48, 14, va BYu/03-04-06/182-sonli davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini inobatga olgan holda viloyatdagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2013-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalarini tasdiqlash maqsadida, qaror qilaman:
1. Jizzax viloyatidagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2013-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari 1-ilovaga*, ijara toʻlovining eng kam stavkalari 25 foizga kamaytirilishi belgilangan uzoq va borish qiyin boʻlgan aholi punktlari roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
2. “Ijara markazi” davlat unitar korxonasi (O. Iskandarxoʻjayev):
Ijara haqi qiymatini belgilashda 1-ilovada koʻrsatilgan davlat koʻchmas mulki uchun qoʻllaniladigan eng kam stavkalaridan tayanch sifatida foydalanilsin.
3. Ijara toʻlovini toʻlash kechiktirilganligi uchun undirilgan penya summasi va shartnoma shartlari buzilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 23-bandiga muvofiq jarima undirilishi belgilansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 33-bandiga asosan ijaraga beruvchi ijaraga berilgan davlat mulki toʻgʻrisida har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10 kunigacha tegishli ravishda viloyat hokimligining Moliya boshqarmasiga maʼlumot taqdim etib borishi belgilansin.
5. Belgilab qoʻyilsinki, davlat mulkini ijaraga berish shartnomasini rasmiylashtirish va tuzishda qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi yuzasidan ijaraga beruvchi shaxsan javobgar;
balansida saqlovchi yil choragida kamida bir marta oʻzi uning yuritishida boʻlgan davlat mulkini xatlovdan oʻtkazishga va foydalanilmayotgan davlat mulki aniqlangan taqdirda 10 kun mobaynida ijaraga beruvchiga davlat mulki joylashgan joyni, miqdori, tarkibi va boshqa umumiy tavsiflarini koʻrsatgan holda maʼlumotlar taqdim etishga majbur.
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari R. Kenjayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim S. ISMAILOV
Jizzax sh.,
2013-yil 2-avgust,
172-son
