36-modda. Shaxsni profilaktik hisobga olish asoslari
Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-371-son) · Sana: 14.05.2014 · Amalda
Shaxsni profilaktik hisobga olish uchun quyidagilar asos boʻladi:
vakolatli organning yoki mansabdor shaxsning ushbu Qonun 35-moddasining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori;
sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi;
shaxsning jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
probatsiya hisobidan chiqarilgan shaxsni profilaktik hisobga olish toʻgʻrisidagi topshiriq;
ushbu Qonun 35-moddasining toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun sudning muayyan muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi qarori.
Bir shaxsni profilaktik hisobga qoʻyish uchun bir qancha asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, asoslarning har biri boʻyicha alohida-alohida profilaktik hisobga olish amalga oshiriladi.
