23-modda. Huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi chora-tadbirlari
Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-371-son) · Sana: 14.05.2014 · Amalda
Huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
aholi oʻrtasidagi huquqiy targʻibot;
huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish hamda huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritish.
Huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
