5-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qoʻmitalari va komissiyalari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida (50-I-son) · Sana: 05.05.1995 · Amalda
Qoʻmitalar va komissiyalar Oliy Majlis tomonidan rais va aʼzolardan iborat tarkibda ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylanadi. Qoʻmitaning, komissiyaning rais oʻrinbosari va kotibi qoʻmita, komissiya raisining taqdimiga muvofiq tegishli qoʻmita, komissiya aʼzolari orasidan Oliy Majlis Raisi tomonidan Oliy Majlis Kengashi bilan kelishilgan holda tayinlanadi.
Qoʻmitalar, komissiyalarning (muvaqqatlaridan tashqari) raislari, rais oʻrinbosarlari va kotiblari oʻz faoliyatlarini, qoida tariqasida, doimiy asosda amalga oshiradilar va oʻz vakolatlari davrida haq toʻlanadigan boshqa biron-bir lavozimni egallashlari, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishlari mumkin emas.
