37-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qoʻmitalari va komissiyalari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida (50-I-son) · Sana: 05.05.1995 · Amalda
Qoʻmita yoki komissiya raisi:
zarur materiallar tayyorlanishini tashkil etadi, qoʻmitaning yoki komissiyaning majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;
qoʻmita yoki komissiya aʼzolariga topshiriqlar beradi, ularga Qoʻmita yoki komissiyaning faoliyati bilan bogʻliq materiallar va hujjatlarni yuboradi;
qoʻmita yoki komissiya aʼzolarini ishchi guruhlarining ishida qatnashish uchun, shuningdek qoʻmita yoki komissiyaning boshqa topshiriqlarini bajarish uchun taklif etadi;
davlat organlari va jamoat birlashmalarining vakillarini, mutaxassislar va olimlarni qoʻmita yoki komissiya ishida qatnashishga taklif etadi;
Oliy Majlis sessiyalarida, Oliy Majlis Kengashining majlislarida, davlat organlari va jamoat birlashmalari bilan boʻladigan munosabatlarda qoʻmita yoki komissiya nomidan vakillik qiladi;
qoʻmita yoki komissiya tomonidan amalga oshirilgan ish toʻgʻrisida har yili Oliy Majlis Kengashiga hisobot taqdim etadi;
qoʻmita yoki komissiya qarorlarini bajarish ishlarini tashkil etadi;
Oliy Majlisga, uning Raisiga, Kengashiga ularning topshiriqlarini bajarish yuzasidan axborot beradi;
qoʻmita yoki komissiyaning qarorlari bajarilganligi va uning tavsiyalari qarab chiqilganligi haqida qoʻmita yoki komissiya aʼzolariga axborot beradi;
oʻz vakolatiga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
